115
Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi
shartnoma asosida mustahkamlanib bordi. Qozog‘iston Prezidenti N.Nazar-
boyev 1994-yil yanvarda rasmiy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘l-
di. Ikki Prezident O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xiz-
matlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o‘tib
turishini nazarda
tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, budjet, soliq,
narx, boj va valuta siyosatini ta’minlash to‘g‘risida
shartnomani
imzoladilar. 1998-yil oktabrda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida
abadiy do‘stlik shartnomasi imzolandi. O‘zbekiston va Qozog‘iston
Prezidentlarining Toshkentda 2000-yil bo‘lgan uchrashuvida ikki
davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag‘ishlangan uchrashuvi
bo‘ldi. Muzokaralar yakunida “O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti va
Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining qo‘shma bayonoti” imzolandi.
2001-yil O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov rasmiy
tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ldi. Ikki davlat Prezidentlari O‘zbekiston –
Qozog‘iston davlat chegarasi to‘g‘risida Shartnomani imzoladilar.
2440 km uzunlikdagi O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasining
96 % belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimitatsiya qilishga
kelishildi. 2002-yil O‘zbekiston Prezidenti Ostona shahriga tashrif buyurdi.
“O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegaralarining
alohida uchastkalari
to‘g‘risida bitim” imzolandi va ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaraga oid
dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o‘z yechimini topdi. Qozog‘iston
O‘zbekiston uchun Markaziy Osiyodagi muhim hamkorlardan biri hisob-
lanadi. 2013-yil imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston
Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi
shartnoma ham
o‘ta muhim hujjatlar sirasiga kiradi. 2014-yil O‘zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston
Respublikasida bo‘ldi. 2017-yil iyunda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining
Ostona sammiti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozo-
g‘istonda bo‘ldi. 2017-yil sentabrda Qozog‘iston
Prezidenti Nursulton
Nazarboyev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. O‘zbekiston va Qozo-
g‘iston prezidentlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzo-
landi. Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni “El-yurt hurmati”
ordeni bilan taqdirladi.
116
Yodda tuting
!
Hozirda Qozog‘istonda 550 mingga yaqin o‘zbek
millatiga mansub,
O‘zbekistonda esa bir millionga yaqin qozoq millatiga mansub xalq
istiqomat qiladi. 2017-yil Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga
tashrifi paytida 2018-yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yili va 2019-yilda
O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkazilishi belgilandi.
Dostları ilə paylaş: