O`zb tarix 11 узб indd


O‘zbekiston – Qozog‘iston



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

O‘zbekiston – Qozog‘iston. 
O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan ikki 
tomonlama munosabatlari 1992-yil iyunda Turkiston shahrida O‘zbekiston 
Prezidentining Qozog‘istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N.Nazarboyev 
bilan I.Karimov tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan 


115
Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi 
shartnoma asosida mustahkamlanib bordi. Qozog‘iston Prezidenti N.Nazar-
boyev 1994-yil yanvarda rasmiy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘l-
di. Ikki Prezident O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xiz-
matlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o‘tib turishini nazarda 
tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, budjet, soliq,
narx, boj va valuta siyosatini ta’minlash to‘g‘risida shartnomani 
imzoladilar. 1998-yil oktabrda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 
abadiy do‘stlik shartnomasi imzolandi. O‘zbekiston va Qozog‘iston 
Prezidentlarining Toshkentda 2000-yil bo‘lgan uchrashuvida ikki 
davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag‘ishlangan uchrashuvi 
bo‘ldi. Muzokaralar yakunida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va 
Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining qo‘shma bayonoti” imzolandi.
2001-yil O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov rasmiy 
tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ldi. Ikki davlat Prezidentlari O‘zbekiston –
Qozog‘iston davlat chegarasi to‘g‘risida Shartnomani imzoladilar. 
2440 km uzunlikdagi O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasining 
96 % belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimitatsiya qilishga 
kelishildi. 2002-yil O‘zbekiston Prezidenti Ostona shahriga tashrif buyurdi. 
“O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegaralarining alohida uchastkalari 
to‘g‘risida bitim” imzolandi va ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaraga oid 
dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o‘z yechimini topdi. Qozog‘iston 
O‘zbekiston uchun Markaziy Osiyodagi muhim hamkorlardan biri hisob- 
lanadi. 2013-yil imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston 
Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ham 
o‘ta muhim hujjatlar sirasiga kiradi. 2014-yil O‘zbekiston Respublikasi 
Birinchi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston 
Respublikasida bo‘ldi. 2017-yil iyunda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 
Ostona sammiti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozo-
g‘istonda bo‘ldi. 2017-yil sentabrda Qozog‘iston Prezidenti Nursulton 
Nazarboyev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. O‘zbekiston va Qozo- 
g‘iston prezidentlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzo-
landi. Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni “El-yurt hurmati”
ordeni bilan taqdirladi.


116
Yodda tuting
!
Hozirda Qozog‘istonda 550 mingga yaqin o‘zbek millatiga mansub
O‘zbekistonda esa bir millionga yaqin qozoq millatiga mansub xalq 
istiqomat qiladi. 2017-yil Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga 
tashrifi paytida 2018-yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yili va 2019-yilda 
O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkazilishi belgilandi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin