O‘zbekiston – Qirg‘iziston. O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan ikki
tomonlama hamkorligi O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Res-
publikasi o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam haqida shart-
noma asosida yo‘lga qo‘yildi va rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Tosh-
kentda 1992-yil Qirg‘iziston Prezidenti Askar Akayevning O‘zbekistonga
rasmiy davlat tashrifi paytida imzolangan edi. Mamlakatimiz Birinchi
Prezidenti Islom Karimovning 1993-yil Qirg‘izistonga qilgan rasmiy davlat
tashrifi paytida O‘sh shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida
1994–2000-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to‘g‘-
risida Bayonot imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqilgan
milliy dasturlarni muvofi qlashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan,
ilmiy salohiyatdan unumli foydalanishga qaratilgan edi. 1994-yil
yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qirg‘izistonda bo‘ldi.
Rasmiy tashrif yakunida ikki davlat Prezidentlari tovarlar, xizmatlar,
sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurishini, o‘zaro kelishilgan kredit,
hisob-kitob, budjet, soliq, narx, bojxona va valuta siyosatini belgi-
lovchi shartnomani imzoladilar.
2010-yil iyulda Qirg‘izistonda ekstremistik kuchlar tomonidan uyush-
tirilgan millatlararo qonli voqealar sharoitida O‘zbekiston 100 mingdan ortiq
qochqinlarni o‘z hududiga qabul qildi.
2017-yil O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarida yangi sahifa
ochildi. Shu yil sentabr oyida Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev
taklifi ga binoan Prezident Shavkat Mirziyoyev Bishkekda bo‘ldi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari o‘z ichiga 85 foiz masofani
qamrab olgan chegara to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Shu munosabat
bilan, aholining o‘tib-qaytishi uchun ikki davlat o‘rtasidagi 7 yil davomida
yopib qo‘yilgan chegara postlar ochildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi ga binoan Qirg‘iziston
117
Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Sooranbay Jeenbekov rasmiy
tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalarda
hamkorlikka doir qator hujjatlar qabul qilindi.