120
19-mavzu.
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya, Xitoy va AQSh
bilan o‘zaro munosabatlari
O‘zbekiston – Rossiya
. O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro
hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Respublikasi va
Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar va hamkorlik
1992-yil imzolangan Davlatlararo munosabatlar, Do‘stlik asoslari to‘g‘risi-
dagi
shartnoma, 1998-yil imzolangan 1998–2007-yillar uchun iqtisodiy
hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi shartnomalar asosida rivojlanib
bordi.
Keyingi yillardagi O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining yangi bos-
qichga ko‘tarilishida 2004-yilda imzolangan O‘zbekiston
Respublikasi va
Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shart-
noma muhim ahamiyat kasb etdi. 2005-yilda Moskvada imzolangan
O‘zbekiston
Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Ittifoqchilik
munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, 2012-yilda Tosh-
kentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakuniga ko‘ra qabul qilingan “O‘zbe-
kiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida
strategik sherik-
likni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya” ikki davlat o‘zaro muno-
sabatlarida alohida voqea bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘zaro munosabatlari va
hamkorligining yanada rivojlanishi va chuqurlashishiga 2013-yil aprelda
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov va Rossiya
Federatsiyasi Prezidenti V.Putin o‘rtasidagi
Moskva uchrashuvi yangi
turtki berdi. Ushbu uchrashuv chog‘ida davlatlarning keng qamrovli o‘zaro
munosabatlaridagi hamkorlikni rivojlantirish holati va istiqboli ko‘rib
chiqildi. Har ikki davlat mustaqillikka erishgandan keyingi davr ichida
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 160 dan ortiq xalqaro shartnoma va 40
dan ziyod boshqa hujjatlar imzolandi.
2017-yil aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyo-
yev rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha
siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya sohalari,
shuningdek,
mintaqalararo hamkorlik, turizm va sog‘liqni saqlashga oid
umumiy qiymati 16 milliard dollar bo‘lgan 55 ta hujjat imzolandi.