O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Yodda tuting
!
Konsepsiyada quyidagi qoidalar muhrlab qo‘yildi: “O‘zbekiston 
o‘zini qo‘shni davlatlardagi qurolli ziddiyatlarga tortilishining oldini olish 
maqsadida tegishli choralarni ko‘radi; o‘z hududida xorijiy davlatlarning 
harbiy bazalari va obyektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi; O‘zbe-
kiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xorijdagi tinchlikparvarlik 
operatsiyalarida ishtirok etmaydi”.
Yodda tuting
!
“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli 
subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch 
ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, 
nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga 
aralashmaslik va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari 
va normalariga asoslanadi”. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.17-modda
Tashqi siyosat tamoyillari. 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining 
asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: mafkuraviy qarashlardan qat’i 
nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik 
va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; davlatlarning suveren tengligi va 
chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; boshqa davlatlarning ichki ishlariga 
aralashmaslik; nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; kuch ishlatmaslik va kuch 


113
bilan tahdid qilmaslik; inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; ichki 
milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume’tirof 
etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi; davlatning, xalqning oliy 
manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar 
tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; tajovuzkor 
harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; davlatlararo aloqalarda teng 
huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; 
tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar 
asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan 
uzoqlashmaslik kabilar ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olindi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin