O`zb tarix 11 узб indd


O‘zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosati asoslarining



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

O‘zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosati asoslarining 
ishlab chiqilishi. 
Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil O‘zbekiston diplo-
matiyasining dastlabki qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa 
xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni alohida ekanini tan olmoqda. O‘zbekiston 
tashqi siyosatining ma’naviy yo‘nalishi, insonparvarlik, oshkoralik, qadr-
qimmat, o‘z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o‘z 
taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lishdir. Shu bois istiqlol yillarida mamlakatimiz 
133 davlat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatgan, Toshkentda 
45 ta xorijiy davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsullik, 11 ta xalqaro 
tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda.
Mulohaza qiling
!
O‘zbekiston Prezidenti 2018-yil yanvarda mamlakat tarixida 
ilk bor O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan ochiq 
muloqot shaklidagi yig‘ilishni o‘tkazdi. Nima deb o‘ylaysiz, buning 
zarurati nimada?
Mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizning xavfsizligi, barqarorligi 
va taraqqiyoti ko‘p jihatdan xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarning 
yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liq edi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi 
siyosat tizimi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Vazirlar 
Mahkamasining 1992-yil may oyidagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi 
ishlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi va 1994-yil 
mart oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 
faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari asosida shakllantirildi. 
1996-yil “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy 
prinsiplari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 
2012-yil sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi siyosiy 
faoliyati konsepsiyasi” e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi 
siyosiy faoliyati konsepsiyasi – bu davlat tashqi siyosatining prinsiplari va 
strategik ustuvor yo‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, 
istiqbolda O‘zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini 
belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimidir. 


112
Mazkur Konsepsiyada Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida e’tibor 
qaratilgan va “O‘zbekistonning hayotiy muhim manfaatlari shu mintaqa 
bilan bog‘liq” ekanligi rasman e’tirof etilgan. Unda Markaziy Osiyo 
o‘zining muhim geosiyosiy joylashuvi va mineral xomashyo resurslarining 
ulkan zaxiralariga ega ekanligi tufayli jahon miqyosida kuchli e’tibor 
obyektiga, yirik davlatlarning strategik manfaatlari to‘qnashadigan hududga 
aylanib borayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, dunyoning yirik davlatlari 
tomonidan mintaqada olib borilayotgan o‘zaro raqobat inobatga olinib, 
“Markaziy Osiyo muammolari tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mintaqadagi 
davlatlarning o‘zlari tomonidan yechilmog‘i zarur”, degan fi kr bayon etilgan. 
Konsepsiyada O‘zbekistonning tinchliksevar siyosat yuritishi, harbiy-siyosiy 
bloklarda ishtirok etmasligi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy 
blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qolishi 
ta’kidlandi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin