104
namoyon bo‘ldi. Buning uchun, eng avvalo, xalqqa yaqinlashish, el orasida
yurish, eng noyob xalq iste’dodlarini izlab topish zarur edi.
Shu maqsadda 1992-yili bir qancha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi. Jumladan,
Toshkent shahrida mart oyida milliy soz ijrochilarining “Asrlarga tengdosh
navolar”, aprel oyida mashhur san’atkorlar asarlari ijrochilarining “Boqiy
ovozlar”, Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining,
iyun oyida
Qo‘qon shahrida askiya, qiziqchi va masxarabozlarning va avgust oyida
Toshkent shahrida lapar, yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi.
Ular bir necha o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar, festivallar
o‘tkazilishi an’anaga aylanib, xalqaro miqyosda nomoddiy madaniy merosni
asrash yuzasidan olib borilayotgan harakatlar bilan uyg‘unlashib ketdi.
Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni rivojlantirish ishlariga
ham e’tibor qaratildi. 1996-yil “O‘zbeknavo”
gastrol-konsert birlashmasi
tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 1997-yil
Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi
hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi.
2001-yil “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Milliy estrada san’atini
rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi ish boshladi.
Istiqlol davrida tamomila yangi ko‘rik-tanlovlar, festivallar yuzaga keldi.
1995-yilda Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston – Vatanim manim” mavzuida
ko‘rik-tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qildi. 1996-yil
mart oyidan
o‘tkazilib kelinayotgan “O‘zbekiston – Vatanim manim” mavzuidagi ko‘rik-
tanlovi mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug‘lash yo‘lidagi muhim qadam
bo‘ldi. Shuning uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni maxsus farmon qabul
qilindi. Unda har yili avgust oyining
uchinchi yakshanbasi, “O‘zbekiston –
Vatanim manim” qo‘shiq
bayrami kuni
deb e’lon qilindi. Tanlov mustaqillikni
madh etuvchi yuzlab qo‘shiqlar
yaratilishiga turtki bo‘ldi.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil-
dagi qarori bilan har ikki yilda bir
marotaba Samarqand shahrida “Sharq
taronalari”
xalqaro musiqa festivali
«Sharq taronalari» xalqaro musiqa
festivalining ochilish marosimi
105
o‘tkazila boshlandi. Birinchi festivalda dunyoning 31
mamlakatidan vakil-
lar ishtirok etishdi. Festivalning mintaqaviy qamrovi ham tobora kengayib
bormoqda. 2015-yili X festivalda 66 mamlakatdan vakillar qatnashdi.
Dostları ilə paylaş: