Valyuta risklari va ularni boshqarish



Yüklə 39 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü39 Kb.
#169883
326 VALYUTA RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISH

VALYUTA RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISH




Umarova A. - o’q., TMI
Xamidov Sh. – talaba, TMI

Valyuta kurslarining beqaror o'sishi xalqaro mehnat taqsimotining buzilishiga sabab bo'ladi bu esa tovar va xizmatlarning ekvivalent qiymatlarda almashinuvini qiyinlashtiradi. Xalqaro savdo hajmi va uni balanslashtirishga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Valyuta kurslarining beqarorligi eksportyor importyorlarning chet eldan mahsulot sotib olish va chet elga mahsulot sotish hajmini qisqartirishlariga sabab bo'ladi. Chunki, ular kelgusida valyuta kursi qanday o'zgarishlarini aniq bilishmaydi. Masalan, importyor valyuta risklariga yo'liqishdan xavsirab tovarni chet eldan sotib olishdan ko'ra o'z mamlakatidan sotib olishni avzal ko'radi.


Valyuta risklariga xalqaro savdo operatsiyalarida eksportyor ham, importyor ham to'qnash keladi. Agar shartnoma importyor mamlakati valyutasida yoki uchunchi bir mamlakat valyutasida tuzilgan bo'lsa, tovar puli ma'lum muddatdan keyin to'lanishi rasmiylashtirilgan bo'lsa, eksportyor valyuta riskiga yo'liqadi. Shartnomada ko'rsatilgan valyuta kursi eksportyorning milliy valyuta kursiga nisbatan tushib ketganda eksportyor zarar ko'rishi mumkin. Chunki u milliy valyutasida hisoblab qo'ygan so'mmani olmaydi va rejalashtirgan foydaga ham ega bo'lmaydi.
Importyor uchun valyuta riski quyidagi paytda namayon bo'ladi, ya'ni agar u bahosi chet el valyutasida fiksatsiyalangan tovarni sotib olayotgan paytda chet el valyutasining kursi milliy valyuta kursiga nisbatan oshib ketsa. Bunda importyor shartnoma imzolagan vaqtdagiga nisbatan o'z milliy valyutasida ko'proq so'mma to'lashga majbur bo'ladi.
Odatda valyuta banklarda turli usullarda boshqariladi. Bank ichki tizimida valyuta risklarini boshqarishning birinchi qadami bo'lib, valyuta operatsiyalariga limitlar o'matilishi hisoblanadi. Xususan, quyidagi bir qator limitlar keng tarqalgan:

  1. Xorijiy davlatlatlarga limitlar- mijozlar va kontrhamkorlar bilan bir kun mobaynida operatsiyalar o'tkazish uchun har bir alohida mamlakat so'mmasida maksimal darajadagi qiymat.

  2. Kontrhamkorlar va mijozlar bilan operatsiyalarga limitlar- har bir kontrhamkor, mijoz yoki mijozlar turiga operatsiyalar o'tkazish uchun maksimal darajadagi qiymat o'rnatiladi.

  3. Dastak limitlari- savdo uchun valyutalar va savdo dastaklari uchun lozim bo'lgan ro'yxatni belgilagan holda foydalanilgan dastaklar va valyutalar bo'yicha chekldvlarni o'matish.

  4. Har bir kun va har dilerga limit o'rnatiladi - savdo qilinayotgan xorijiy valyuta, har bir alohida diler va har bir alohida dastak uchun keying kunga o'tkazishning ehtimoliy ulushi bo'yicha, odatda, ehtimoiiy ochiq pozitsiyaning maksimal hajmi o'rnatiladi.

  5. Zararlar limiti - maksimal darajadagi zararlar hajmi o'rnatiladi, bundan so'ng esa barcha ochiq pozitsiyalar zararlar bilan qoplanishi lozim. Ba'zi banklarda bunday limit har ish kuniga yoki alohida davrga, odatda, 1 oyga belgilanadi, ba'zi banklarda 7 alohida dastaklarga taqsimlanadi, ba'zilarida esa alohida dilerlarga o'matilishi ham mumkin.

Limitlardan tashqari jahon amalyotida valyuta xatarlarining quyidagi usullari qo'llaniladi:

  • Aktiv va passiv bo'yicha valyuta oldi-sotdisining o'zaro hisobi, u "MET ching" usuli deb atalib, unda valyuta chiqimining ko'rsatkichidan valyuta kirimi hisob qilinishi yordamida bank ularning hajmiga va o'z navbatida o'z xatarlariga ta'sir o'tkazish imkoniga ega bo'ladi;

  • "Netting" usulining qo'llanilishi ya'ni bunda valyutalarni mustahkamlash evaziga bitimlar miqdorini qisqartirishning maksimal imkoniyati. Buning uchun banklar bo'linmalar tashkil etib, bu bo'linmalar xorijiy valyutalarni oldi-sotdi qilish bo'yicha buyurtmalar tushushini muvofiqlashtirib boradi.

Yüklə 39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin