O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Badiiy adabiyot
. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik,
ming yillik tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr 
yuritish tamoyillari tiklandi.
Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan 
qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash kabi 
masalalar bosh mavzu bo‘lib qoldi. Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, 
Pirimqul Qodirov, Xurshid Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman
pyesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug‘-
bek, Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyat-
larga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi.


107
Mustaqillik davri adabiyotining yalovbardorlari O‘zbekiston qahra-
monlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq 
shoiri Muhammad Yusuflar ijodiy faoliyati bilan butun xalqimiz faxrlanadi. 
Istiqlol davridagi o‘zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim 
vazifalarni hal etishda O.Sharofiddinov, B.Qosimov, N.Karimovlarning
asarlari alohida o‘rin egallaydi. Muhammad Ali va T.Malikning romanlari, 
U.Azim, E.A’zam, S.Sayyid, H.Xudoyberdiyeva, H.Ahmedova, J.Ergasheva,
H.Do‘stmuhammad, Sh.Salimova singari shoir va adiblarning badiiy 
barkamol, g‘oyaviy yetuk asarlari katta hissa bo‘lib qo‘shildi. 
Umuman, adabiyotga e’tibor madaniyatning muhim yo‘nalishi bo‘lib 
qoldi. Yozuvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida 2010-yil O‘zbekiston 
Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondi tashkil etilib, 2011-yildan yosh 
ijodkorlarning birinchi kitoblari davlat hisobidan chop qilina boshlandi. 
Adabiyotga e’tibor 2017–2018-yillarda yanada kuchaydi. 2017-yil 12-yan
-
varda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop 
etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madani
-
yatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi 
qarori qabul qilindi. Shu yildan 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan kitobsevar
-
lar o‘rtasida “Yosh kitobxon” respublika ko‘rik tanlovi tashkil etildi. Shuning
-
dek, O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 3-avgust kuni ijodkor 
ziyolilar bilan bo‘lgan uchrashuvida bir qator madaniy muassasalarga homiy 
tashkilotlar belgilab berildi. Shu yo‘nalishda Xalq banki bilan Yozuvchilar 
uyushmasining “Do‘stlar klubi” tashkil etildi. “Do‘stlar klubi”ning tash
-
kil etilishi yozuvchi va shoirlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va nufuzini 
oshirish, ularning ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, moddiy va ma’naviy 
rag‘batlantirish, munosib ish va turmush sharoiti yaratib berish uchun keng
imkoniyatlar yaratmoqda.
Muzey. 
Millatimizning o‘zligini anglashda hamda milliy, tarixiy 
qadriyatlarimizni tiklashda muzeylar alohida o‘rin tutadi. Muzeylar orqali 
o‘tmishni, tarixni ko‘rish, eslash, sezish, o‘rganish mumkin. Shu boisdan 
ham, mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi 
eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor 
berildi. 1996-yili Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Olimpiya 
shon-shuhrati, 2002-yili Qatag‘on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo 
viloyatining markazi – Termiz shahrida Arxeologiya muzeyi ish boshladi. 


108
O‘zbekiston Prezidentining 1998-yildagi “Muzeylar faoliyatini tubdan 
yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda 
muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Muzeylar davlat 
muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish 
davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar 
faoliyatini muvofi qlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda “O‘zbekmuzey” Res-
publika jamg‘armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshi-
rishga ko‘maklashuvchi “Moziydan sado” jurnali ta’sis etildi va u 
1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi.
Yoshlar ma’naviyatida muzeylarning ahamiyati hisobga olinib, 2014-yil
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan haftaning seshanba va juma kun-
lari bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatish, har yili 
2–8 sentabr kunlari “Muzeylar haftaligi”ni tashkil etish belgilandi.
Shunday qilib, davlat madaniy hayotning ko‘p qirrali xususiyatini 
saqlagan holda jamiyat rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratishga e’tibor 
qaratib kelmoqda. Shuningdek, madaniyat O‘zbekiston aholisining asosiy 
qismini tashkil etuvchi yoshlarga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin