2. Orol fojiasi Foydalanadigan adabiyotlar
MAVZU: Sobiq SSR ning O’zbekistonda yuritgan iqtisodiy siyosatini salbiy oqibatlari.”Orol fojiasi’’
Reja:
1.Sovetlarning O'zbekistonda yuritgan iqtisodiy siyosati va uning mustamlakachilik mohiyati.
2. Orol fojiasi
3.Foydalanadigan adabiyotlar
XX asr 20— yillari boshlariga kelganda o'lka hayoti, yerli aholining maishiy - turmush tarzi nochor ahvolda edi. 1-jahon urushining og'ir asoratlari, yangi Sovet tuzumini o'rnatishda bolshevik hukmdor-larning mahalliy aholiga nisbatan qo'llagan zo'rlik siyosatining oqibatlari har qadamda ko'zga tashlanib turardi. Sanoat izdan chiqqan, transport va aloqa vositalari ishlamayotgan, ekin maydonlari payxon bo'lib ketgandi. Eng yomoni, o'lkada ochlik, qashshoqlik, ommaviy ishsizlik hukm surardi.
Buning ustiga, Sovetlar hokimiyati tomonidan ishlab chiqilib hayotga zolrlik bilanjoriy etilgan oziq-ovqat razvyorstkasi va u bilan uyg'unlashgan "harbiy kommunizm" siyosati o'lka hayotini yana ham mushkul ahvolga solib qo'ydi. Sovet hokimiyatini saqlab qolish maqsadida amalga oshirilgan bu favqulodda siyosat aholining bor-budini tortib olib, uning erki, mustaqilligini qat'iyan cheklab, savdo, bozor munosabatlariga izn bermay, oqibatda, bu yerdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatning yanada murakkablashib ketishiga sabab bo'ldi.
Yangi iqtisodiy siyosat. Vaziyat Sovetlar yo'lboshchilari oldiga ahvolni o'nglash, tang vaziyatdan chiqish va xo'jalik siyosatining yangi vazifalarini belgilashni ko'ndalang qilib qo'ydi. Bu vazifalar 1921— yil mart oyida bo'lib o'tgan RKP (b) X syezdi belgilab bergan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) da o'z ifodasini topdi. Bu siyosatning muhim bo'g'inlari oziq-ovqat razvyorstkasini oziq-ovqat solig'i bilan almashtirish, savdo-sotiqni erkinlashtirish, sanoatda, mayda hunarmandchilik va boshqa sohalarda xususiy tadbirkorlikka ruxsat berish, bozorni tartibga solish, yollanma mehnat cheklanishini bekor qilishdan iborat bo'ldi.
Eng muhimi, bu siyosat shahar bilan qishloq O'rtasidagi o'zaro munosabatlarni izga solishga, yangi hokimiyatning tayanch negizi hisoblangan ishchilar bilan dehqonlar ittifoqini, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilardi., Yangi iqtisodiy siyosatning bosh maqsadlaridan biri - bu dehqon xo'jaligini oyoqqa turg'izish, uni rivojlantirish edi. Negaki, busiz sanoatni ham, xalq xo'jaligining boshqa sohalarini ham hech ham yuksaltirib, yctarli xomashyo bazasini yaratib bo'lmasdi. Oziq-ovqat solig'i talabiga ko'ra, ekish mavsumi oididan yakka dehqon xo'jaligi bilan davlat o'rtasida mahsulot yetkazib berish majburiyati to'g'risida shartnoma tuziladigan bo'ldi. Bu esa dehqonlarni yerdan ko'proq hosil olish uchun astoydil mehnat qilishga undardi. Xullas, yangi iqlisodiy siyosat dehqonning o'z mehnatidan manfaatdorbo'lishini tayin qildi. Endilikda dehqonning ortiqcha g'allasi tortib olinmaydigan bo'ldi, o'zi yetishtirgan oshiqcha mahsulotni bozorda erkin sotish huquqi berildi.
Yangi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega edi. Birinchidan, Turkiston qoloq chekka, asosan qishloq xo'jaligi o'lkasi edi. Demak, bu yerda zamonaviy qishloq xo'jaligi va sanoatni yangidan barpo etish kerak edi. Ikkinchidan, o'lkada milliy ishchilar sinfmi shakllantirish zarur edi. Uchinchidan, Turkiston ko'p millatli o'lka bo'lib, yangi iqtisodiy siyosatga o'tishda yerli xalqlarning qadriyatlari, an'analari, urf-odatlari xususiyatlarini hisobga olish kerak bo'lardi. Ammo RKP (b) va Sovet hukumati Turkistonda yangi iqtisodiy siyosatni joriy etishda o'z manfaatlaridan kelib chiqib ish yuritdi.
1921—yil aprelda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi oziq-ovqat, yem-xashak va xomashyo razvyorstkasini mahsulot solig'i bilan almashtirish to'g'risida qaror qabul qildi. Unda 1921-1922—yillar uchun soliq miqdori belgilandi. Turkiston mehnatkashlaridan olinadigan soliq markaziy rayonlardan farqli o'laroq yil oxirida yig'ib olingan hosil miqdoriga qarab emas, balki ekilgan yerning har desyatinasi, shuningdek, qora mol va mayda mollar hisobidan olinadigan bo'ldi. Bu esa Turkiston dehqonining kamsitilishini bildirardi.
Bundan tashqari, Sovet hukumati o'lkada birinchi navbatda o'zi uchun zarur bo'lgan tarmoqlarni, chunonchi, paxta, qand lavlagi, tamaki va boshqa texnik ekinlarni rivojlantirishga alohida e'tiborni qaratdi. Yordam ko'rsatish bahonasida 300.000 dan ortiq ishchi va dehqon oilalari Rossiya markaziy rayonlaridan Turkistonga keltirilib joylashtirildi.
Yangi iqtisodiy siyosat asosida sanoatni xo'jalik hisobiga o'tkazish jarayoni amalga oshirib borildi. Bu esa sanoat korxonalari ishlab chiqarishining biroz bo'lsa-da, jonlanishiga olib keldi. Mayda va O'rta sanoat korxonalari, yirik kooperativ tashkilotlari va ularning birlash-malari tadbirkorlarga ijaraga berildi. O'lkada yangi sanoat korxonalari, temir yo'llar qurildi. Xilkovo sement zavodi, Farg'ona pillachilik fabrikasi, Toshkent guruch /avodi, Qizilqiya, Xilkovo temir yo'l shahobchalari shular jumlasidandir.
O'lkada. ayniqsa, paxtachilik va u bilan bevosita bog'liq bo'lgan paxta tozalash korxonalari tez sur'atda o'sdi. Bu Markaz to'qimachilik sanoatining o'zbek paxtasiga talab-ehtiyoji ortib borayotganiga ko'p jihatdan bog'liq edi.
Natijada, paxta ekiladigan maydonlar 1924—yilda 1921—yilga nisbatan 3 barobar ko'paydi. Ishlab turgan sanoat korxonalari soni 144 taga yetdi. Birgina paxta tozalash sanoatida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 1923—yildagi 23,9 mln. so'mlikdan 1924—yilda 57,8 mln.so'mga yetdi. Bundan ko'rinadiki, yangi iqtisodiy siyosat asosida Turkiston sanoati tiklanib, sezilarh darajada rivojlana boshladi.
Biroq partiya va Sovet hukumati: «Yangi iqtisodiy siyosat Turkistonda sinfiy kurashning keskinlashuviga olib kelmoqda, mahalliy boylar, milliy burjuaziya qoldiqlari, yirik savdogarlar, musulmon ruhoniylari va boshqa ekspluatator unsurlar jonlan-moqda»,- deb ularga qarshi mafkuraviy tashviqot va targ'ibot ishlarini kuchaytirib yubordi. Jumladan, RKP(b) XII syezdida (1923) Buxoro va Xivada turkman va qirg'izlarga qarshi "o'zbek shovinizmi" mavjud, deb qayd yetishgacha borildi. Bu asossiz da'vo va e'tirozlar o'lkada milliy nizolarni keltirib chiqarishdan boshqa narsa emas edi.
Bu xol asta-sekinlik bilan o'lkada yangi iqtisodiy siyosat yo'lidan chekinishga olib keldi. Dehqonga berilgan imtiyozlar qaytarib olindi. Ular qishloq xo'jalik artellariga birlashtirila boshlandi. Sanoatni milliylashtirish jarayoni avj oldirildi. Ayniqsa, 20—yillarning oxir-lariga kelib ittifoqning, shu jumladan, O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy hayotida ma'muriy-buyruqbozlik boshqaruvi tizimining kuchayishi natijasida yangi iqtisodiy siyosat o'z mazmuni va mohiyatini tobora yo'qota bordi.
XX asr 20—yillari O'rtalaridan e'tiboran sovetlarning butun diqqat-e'tibori mamlakatni industrlashtirishga qaratildi. Buning asosiy sababi shundaki, industrlashtirish SSSRda sotsializm qurish dasturiy rejasining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanardi. VKP (b) XIV syezdida (1925) mamalakatni industrlashtirish sotsializmni barpo etishning bosh strategik vazifasi deb belgilandi. Hukrnron Markaz bu asosiy vazifani bajarishga xalqni safarbar etar ekan, bunda bu ishni mamlakatning barcha mintaqalarida, jumladan, O'zbekistonda ham jadal sur'atlarda amalga oshirish kirishdi.
O'zbekistonda industrlashtirish ishini amalga oshirish orqali sovetlar ko'p narsaga umid bog'lagandilar. Eng asosiysi, ular bu oikada ko'plab sanoat korxonalari va tarmoqlarini yaratish yo'li bilan uning boy tabiiy va mineral resurslarini ishga solish, arzon ishchi kuchidan foydalanish va oxir-oqibatda Markaz uchun ko'proq foyda undirib olishni ko'zlaganlar. Industrlashtirish jarayoni O'zbekistonni Markaz ta'siriga olish, uning hukmiga yanada bo'ysundirish uchun qulay imkoniyatlar yaratardi. Gap shundaki, zamonaviy sanoat tarmoqlarini vujudga keltirish, ishga tushirish respublikaning iqtisodiy taraqqiyoti uchun g'oyatda katta ahamiyat kasb etardi. Biroq bu jarayon juda ko'p miqdordagi moliyaviy resurslar, pul mablag'lari, xilma-xil texnika jihozlari, ilmiy-tcxnika salohiyati, ko'p sonli yuqori ma'lumotli muhandis-texnik xodimlar, malakali ishchi kadrlar va hokazo omillar bilan bog'liq edi. Bunday salohiyatga O'zbekiston mutlaqo ega emas edi. Negaki, respublika bu davrga kelib, xalq xo'jaligi tarmoqlarini qaytadan tiklashga arang erishib borayotgan edi. Shu bois, bu mintaqada industriashtirish jarayonining tashabbuskori va tashkilotchisi bevosita Markaz va Kommunistik partiyabo'ldi. Bu o'rinda aytish joizki, ittifoq hukumatming rejasida O'zbekistonda zamonaviy yirik industrial tarmoqlarni emas, balki ko'proq xomashyoni qayta ishlaydigan sanoat korxonalari, tog'-kon sanoatini rivojlantirishga asosiy urg'u berilgandi. Negaki, bu hudud Markaz uchun ko'proq xomashyo mahsulotlari yetkazib berishga ixtisoslashtirilishi kerak edi. Shu bois ham, muhim e'tibor paxtachiiik va u bilan bevosita bog'liq tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgandi. O'zbekistonda 1925—yilda atigi 21 sanoat tarmog'iga taalluqli 149 ta korxona mavjud edi, xolos. Ular ham asosan qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlashga moslashgan edi.
Industriashtirish davrida respublikada 17 ta paxta tozalash zavodlari barpo etildi. Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Marg'ilon va Shahrisabzda pillachilik fabrikalari, Farg'ona va Toshkent to'qimachilik, Chirchiq elektrokimyo kombinatlari, Toshkent mashinasozlik zavodi va shu singari korxonalar qurildi. O'sha davr rasmiy ma'lumotlariga ko'ra O'zbekistonda birinchi besh yillik (1928-1932)da 289 ta va ikkinchi besh yillik (1933-1937) davrida 189 ta sanoat korxonalari barpo etilgan. Ularning mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham yil sayin ortib bordi. Chirchiq, Olmaliq, Bekobod, Angren, Yangiyo'l, Quvasoy kabi sanoat shaharlari vujudga keldi. 1925-1940— yillar davomida respublikada qurilgan GESlar soni 49 taga yetdi. Toshkent-Angren temir yo'li, Toshkent-Termiz katta avtomobil yo'li qurildi. Ikkinchi jahon urushiga qadar O'zbekistonning sanoat salohiyati 1445 ta yirik va O'rtacha sanoat korxonalari va 19 mingga yaqin mayda korxonalarni o'z ichiga olardi. Garchand sanoat qurilishi ancha ko'zga ko'rinarli tarzda rivojlanib, muayyan yutuqlarga erishgan bo'lsa-da, biroq bu sohada ko'plab jiddiy muammolar, nuqsonlar mavjud edi.
Avalo, yuqoridan tazyiq o'tkazish amaliyoti, rahbarlikning ma'-muriy-buyruqbozlik usullari O'zbekiston sanoati tarmoqlarida chuqur ildiz otgan edi. Jumladan, respublika metropoliyaning rangli va nodir metallar, oltingugurt, volfram, molibden, paxtatolasi, xom ipak bilan ta'rriirtfovchi mintaqasiga aylantirildi.
Markaz amri bilan respublikaning xomashyo, tabiiy resurslari ayovsiz ekspluatatsiya qilingan holda uning o'ziga xos iqtisodiy manfaatdorligi hech qanday nazar-pisand qilinmasdi. O'zbekistonda qurilgan sanoat korxonalarining talay qismi to'lig'icha ittifoq ixti-yoriga bo'ysunardi. Binobarin, ularning ishlab chiqargan mahsulotlari va undan keladigan tushumlar ham Markaz xazinasini boyitishga xizmat qilardi.
Respublikada industrlashtirishning muhim bir xarakterli tomoni shundaki, bu jarayon davomida malakali ishchi kuchi yetishmagan-ligidan, xususan, RSFSR hududidan bu yerga juda ko'plab odamlar oqimi kirib keldi. Ular hisobiga respublikaning ishchilar sinfi saflari to'ldirilib borildi. Jumladan, 1926—yildan to 1940—yilga qadar O'zbekiston aholisi yangi kelganlar hisobiga 750 ming kishiga yoki 10%dan ortiqroqqa ko'paydi. SSSRning markaziy tumanlaridan aholini sun'iy tarzda ommaviy ko'chirib kelinishi ko'p jihatdan xalq xo'jalik mulohazalari bilan emas, balki ko'proq siyosiy mulohazalar taqozosi bilan, respublika ishchi va xizmatchilariga g'oyaviy, ma'muriy bosim o'tkazish maqsadida amalga oshirilgan edi. Agar joylarda o'zining malakali ishchi kadrlarini keng miqyosdatayyorlash tashkil etilganda edi, ko'plab mahalliy yoshlarni foydali ishga jalb etish hamda ularni malakali ishchi kadrlar qilib tarbiyalashga sezilarli ta'sir ko'rsatishi shubhasiz edi.
Shunday qilib, industriashtirish yillarida partiya va sovet huku-matining so'zi bilan amaliy ishi O'rtasida yakdillik va uyg'unlik bo'lmadi. Sotsializmning kapitalizmdan afzalligi, mehnatkashlar turmush farovonligini tubdan yaxshilash, ularning hayoti maz-munini chuqur o'zgartirish to'g'risidagi g'oyalar amalda puch bo'lib chiqdi. Xalq ommasining o'n yillar davomida to'kkan peshona teri, amalga oshirgan tinimsiz mehnati, chekkan zahmati, fido-korligi unga farovonlik kcltirmadi.
Dostları ilə paylaş: |