1. Huquq tizimi tushunchasi va uning tuzilishi. Huquq



Yüklə 23,99 Kb.
səhifə1/5
tarix24.09.2023
ölçüsü23,99 Kb.
#147607
  1   2   3   4   5
Ommaviy va xususiy huquq faqlashga oid asosiy ta’limotlar


Ommaviy va xususiy huquq: faqlashga oid asosiy ta’limotlar.
Reja:
1. Huquq tizimi tushunchasi va uning tuzilishi
2. Huquq tizimining tuzilish tamoyillari
3. Ommaviy va xususiy huquq

1. Huquq tizimi tushunchasi va uning tuzilishi. Huquq tizimi jamiyatning iqtisodiy tuzilishidan paydo bo‘lib, u bilan bog‘liq bo‘lgan, uning mustahamlaydigan har bir davlatning ichki huquq tuzilishi bo‘lib, kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Huquq tizimi jamiyatning siyosiy, g‘oyaviy, ma’rifiy, madaniy va boshqa ijtimoiy belgilari bilan bog‘liqdir. Hamda huquq tizimi jamiyatning milliy munosabatlari, uning urf —odatlari, barcha xalqning huquqiy ongi huquqiy madaniyatligi va davlatning huquq ijodkorlik faoliyatiga boliqdir. Huquq tizimi jamiyatdagi barcha sinf, millat, tabaqa va xalqning qonun darajasida ko‘tarilgan erki —irodasi bo‘lib, ular o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari, huquq institutlari va huquq sohalaridan iborat bo‘lib, obyektiv xarakterga ega.
Huquq normalari - bu huquq tizimining eng asosiy, dastlabki tuzilishidir. Huquq normalari jamiyatning iqtisodiy tuzilishi bilan belgilanadigan, barcha kishilar uchun majburiy bo‘lgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi turmush qoidalaridir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinig har bir moddasi huquqiy norma bulib, bular barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun amal qilish majburiy bo‘lgan qoidalardir. Hhuquq normalari barcha aholi uchun umumiy va majburiydir. Bular doimiy qo‘llaniladigan bo‘lib, unda kishilar uchun bajarish shartlari, subyektlar o‘rtasidagi tartibga solinadigai ijtimoiy munosabatlar, taraflarning huquq va burchlari huquqbuzarlik uchun jazo choralari belgilanadi.
Huquq institutlari -huquq sohasida o‘zaro bog‘langan jamiyatda kishilar o‘rtasidagi bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi bir qancha huquq normalaridan iborat. Huquq institutlari huquqning asosi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham mavjud. Masalan, «inson va fuqarolarninng asosiy huquqlari erkinliklari va burchlari», «jamiyat va shaxs» ma’muriy hududiy va davlat tuzilishi» va boshqalar huquqning barcha sohasiga taaluqlidir. Jumladan, fuqarolik huquqi soqasida-mulk huquqi institutlari, jinoyat huquq sohasida-davlatga qarshi institutlar mavjud. Bu huquq institutlari tegishli huquq sohalarining ichki tarkibiy qismini tashkil qiladi. O‘z navbatida birinchisi — mulkiy munosabatlarni, ikkinchisi — davlatga qarshi qaratilgan jinoyat qilishdan kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalardir.
Huquq normalari institutlarga bo‘lishdan maqsad hayotda mavjud bo‘lgan, juda ko‘pgina huquq normalari bilan turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, ularning huquq sohalariga birlashtirib, amaliyotda huquq normalarini to‘g‘ri qo‘llashda foydalanishdir.
Huquq soxasi — bu hayotda o‘ziga xos bir turdagi ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga soluvchi maxsus huquq normalari va huquq institutlarining yig‘indisi. Masalan, moliyaviy munosabatlar — moliya huquq soxasi bilan mexnat xuquq sohasi esa mehnat munosabatlari bilan tartibga soladi.
Huquq sohasi – bu huquq tizimining asosiy qismi va mustaqil bo‘g‘inidir. Har bir huquq sohasi umumiy va maxsus qismdan iborat bo‘ladi. Bularda shu sohaga tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning umumiy va maxsus tamoyillari bayon etiladi. Huquq normalari, institutlari va huquq sohalariga birlashib yagona huquq tizimini tashqil qiladi. Huquq tizimi — huquqning mohiyati bilan ya’ni tabiiy huquq — tabiat tomonidan berilgan. Masalan, insonning yashash huquqi, har bir shaxsning mulkdor bo‘lishlik huquqi va pozitiv huquq davlat tomonidan chiqarilgan (obyektiv va subyektiv) huquq bilan belgilanadi.
Huquq tizimi O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o‘tish vazifalariga, jamiyatning siyosiy tizimini mustahkamlab, demokratiyani amalga oshiradi va huquqiy davlat qurish uchun xizmat qiladi.
Demak, huquq tizimi — jamiyatning iqtisodi, siyosiy va ijtimoiy tuzilishi bilan bog‘liq, obyektiv xarakterga ega bo‘lgan bir turdagi ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi huquq normalari, huquq, institutlari va sohalarini tartib bilan to‘g‘ri joylashtirilishidir.

Yüklə 23,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin