Mikro ges turlari. Ularning ish rejimi. Foydalanadigan adabiyotlar



Yüklə 1 Mb.
tarix22.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#119368
MIKRO GES TURLARI VA ULARNING ISH REJIMI


MIKRO GES TURLARI VA ULARNING ISH REJIMI
REJA:

  1. MIKRO GES TURLARI.

  2. ULARNING ISH REJIMI.

  3. FOYDALANADIGAN ADABIYOTLAR.

O‘zbekistondagi mavjud gidroelektr stansiyalarning aniqlangan quvvati 1,7 GVt dan ortadi. Bu har yili 6 TVt soat arzon energiya ishlab chiqarish imkonini beradi. Hozir respublikada qariyb 30 MVt quvvatga ega oltita yangi katta va kichik gidroelektr stansiyasi barpo etilmoqda. Umumiy quvvati 520 MVt dan ortiq yana to‘qqizta, jumladan, yirik Piskom gidroelektr stansiyasini (400 MVt) qurish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.


O‘zbekiston hududidan oqib o‘tadigan 650 ta daryo, ko‘plab irrigatsiya kanallari va suv omborlarining resurslari bir yilda 21 TVt soat elektr energiyasini ishlab chiqaradigan ko‘plab gidroelektr stansiyalar barpo etish uchun texnik imkoniyatlarni ta’minlaydi. Ushbu elektr energiyasi quvvati mikrogidroenergetika salohiyati aniqlangandan so‘ng yanada oshishi mumkin.
Kichik va mikrogidroelektr stansiyalar elektr ta’minoti tarmog‘idan foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan olis tumanlarda qo‘llanilishi mumkin. Ayni paytda mahalliy korxona va tashkilotlar GESlar uchun uskuna ishlab chiqarmayotgani va asosan qurilish-montaj ishlarini bajarayotganiga qaramay, temir konstruksiyalar, kabellar, simlar, nazorat-o‘lchash asboblari, akkumulyatorlar, boshqa ayrim butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyati mavjud.
Kelajakda mikro va kichik gidroelektrostansiyalar uchun uskunalar, jumladan, ayni paytda O‘zbekistonda foydalanilayotgan turli xil turbinalar o‘rniga kuchli bosim va quvvatga ega ko‘ndalang-purkovchi turbinalarni shu erda ishlab
chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqish mumkin.
Mikro GES gidravlik elektrostansiyalar sinfiga taalluqli bo‘lib, quvvati 100 kVt gacha bo‘ladi. Biroq energiyani o‘zgartirishning fizik jarayonlari katta quvvatdagi GES bilan bir xil bo‘lib ayrim farqli tomonlari mavjud.
Energiya tizim tarkibidagi ishlaydigan katta quvvatli GESdan farqli ravishda mikro GES ko‘pchilik holatda mayda cheklangan iste’molchilarni (ya’ni markazlashtirilgan energiya ta’minotidan uzoqdagi ob’ektlarni) ta’minlashda foydalaniladi. Yirik GES ni qurishda xarajatlarning asosiy qismnii gidrotexnik inshootlarning tannarxi tashkil etadi. Mikro GES uchun damba inshootlarini qurish shart emas.

Qoidaga muvofiq, ruslovaya (o‘zanli) yoki derivatsion (suvni asosiy o‘zandan tarmoqlab olish) sxemalardan foydalaniladi.
Mikro GES da napor (suv bosimini) hosil qilish sxemalari.
Daryodan suvning bir qismi ajratib olinib katta tezlik bilan harakatlantirilib quvurga beriladi va foydalanganidan so‘ng gidroturbina orqali daryoga beriladi. Bu qurilishga sarflanayotgan kapital chiqimlar atrof muhitga minimal ta’sir ko‘rsatadigan holda amalga oshiriladi.
Mikro GES da ishlatiladigan gidroturbinalarning har xil turlari mavjud: o‘qli, diagonalli, cho‘michli, ko‘ndalang suyrili, tez oqimli (tizzillatib suvni otuvchi) va hakozo. Bunda hamma gidroturbinalar ish jarayoniga ko‘ra 2 ta asosiy turga – aktiv va reaktiv turbinalarga bo‘linadi.
Aktiv (erkin oqimli) turbinalar saplodan erkin chiqib ketayotgan oqim kinetik energiyasidan, reaktiv (naporli tez oqimli) turbinalarda asosan oqimning potensial energiyasidan foydalaniladi. MikroGESlar turbinalarining eng ko‘p tarqalganlari Pelton, Frensis, Kaplan, Banka bo‘lib, ular o‘z parametrlariga ega.
MikroGESning kapital chiqimlari foydalanilayotgan suv naporiga bog‘liq bo‘lib, yuqori naporli MikroGESlar tog‘li rayonlar uchun qulay.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra mikroGESlarning o‘zini qoplash harajatlari 3-5 yilni tashkil etadi. Gidroturbinalardan tashqari mikro GES tarkibiga elektrik generator, chiqish kuchlanishini stabillashtiruvchi tizim va bir qancha elementlar kiradi.
Ma’lumki, turbinalar turini tanlash uchun ularning yig‘ma grafiklari shakllantiriladi. Yig‘ma grafiklar maydonida berilgan bosim, suv sarfi va quvvatga nisbatan gidroturbinalarning turlari joylashtiriladi. 3.7-rasmda MNTO INSET birlashmasi tomonidan kichik quvvatli turbinalar va mikroGESlarni tanlash uchun tayyorlangan diagramma keltirilgan. Yig‘ma grafikning eng kichik bosim va suv sarflarida parrakli gidroturbinalar hamda parrakli turbinali kichik GESlar joylashgan. Ularning quvvati 1 kVt dan 1 000 ÷ 1 200 kVt oralig‘ida joylashgan.
Shunisi diqqatga sazovorki, ushbu gidroturbinalar uchun boshlang‘ich bosim 1,8 m dan boshlanib 30 m da tugaydi (3.8-rasm). Bunday gidroturbinali agregatlar, ayniqsa, irrigatsiya tizimlaridagi bosimi kichik kanallarga o‘rnatish uchun juda qulay.

Foydalanadigan adabiyotlar

  1. Agilar, C. (sf). 5 Muqobil energiyaning afzalliklari va kamchiliklari. Qayta tiklandi: calefaccion-solar.com

  2. Muqobil energiya: ular nima va qanday turlari mavjud (2016). Qayta tiklandi: factorenergia.com

  3. Muqobil energiya: ular nima va ularning turlari qanday? (s.f.). Mipodo.com saytidan tiklandi

  4. An'anaviy va noan'anaviy energiya (2015). Qayta tiklandi: blogdeenergiasrenovables.es

  5. Qayta tiklanadigan energiya (sf) atrof muhitga ta'sir qiladi. Kuba Havanasi. Qayta tiklandi: ecured.cu

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin