O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

2017-yilgi tub islohotlar
. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-
yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofi q, 2017–2021-yillarda 
oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv 
dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moli-
yalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining va-
kolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich 
rivojlantirib boriladi. 2017–2018-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yaqin farmon, qaror va far-
moyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangi-
lanishlar jarayonini boshlab berdi. 
Harakatlar Strategiyasida ta’lim va o‘qitish 
sifatini baholashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim muassasalari 
faoliyati va samaradorligini oshirishdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. 
Ana shuni nazarda tutib, Prezident Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarni mustaqil 
fi krlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib dunyo 
miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar 
bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning 
Yodda tuting
!
Test sinovlari shaffof va haqqoniy o‘tishini ta’minlash maqsadida, ushbu 
tizimni takomillashtirish hamda abituriyentlar, ota-onalarga yengilliklar 
tug‘dirish maqsadida mavjud tizimni isloh qilish talab etildi. 2018–2019- 
o‘quv yilidan boshlab test jarayonini bir kunda emas, 15 kun davomida 
o‘tkazish, natijasini esa imtihonning ertasiga e’lon qilish vazifalari qo‘yilgan.
Turin politexnika universiteti 
Toshkent fi liali


79
bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, degan edi. 
2017-yil 10 yildan 
ortiq vaqt mobaynidagi tanaffusdan keyin davlat va jamiyatdagi malakali 
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar inobatga olinib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev tashabbusi bilan sirtqi ta’lim tizimi tiklandi, maxsus sirtqi ta’lim 
takomillashtirildi.
2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Res- 
publika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini 
o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilin-
di. Unga muvofiq 2018–2019-o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor
talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, 
musiqiy ta’lim, san’atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi 
ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari o‘tka- 
zilmaydi. Masalan, O‘zbekiston davlat 
konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at 
va madaniyat instituti, Kamoliddin Beh- 
zod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn 
instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tar- 
biya instituti va alohida iqtidor talab 
etadigan ta’lim yo‘nalishlariga faqat ijo-
diy imtihonlar orqali qabul qilish yo‘lga 
qo‘yiladi. Tibbiyotga oid oliy ta’lim tizimida 
ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, tibbiyot sohasida 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 7 yildan 6 yil va tibbiy 
profilaktika yo‘nalishida 6 yildan 5 yil etib belgilandi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin