245
i)
Xo‗jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy
resurslarni yetkazish bilan bog‗liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham
shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining
tegishli elementlariga
kirishi kerak (mehnatga haq to‗lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi,
moddiy xarajatlar va boshqalar)
j)
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib
beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi
k)
Mahsulot
tannarxiga
kiritiladigan
moddiy
resurslar
xarajatlaridan
qaytariladigan chiqitlar qiymati‘ idish va o‗rash-joylash materiallari qiymati
ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi
bo‗yicha
chiqarib tashlanadi
l)
«Moddiy xarajatlar» elementi bo‗yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar
qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qo‗shimcha
narx (ustama)dan, ta‘minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan
to‗lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan,
tovar birjalari xizmatlari
qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig‗imlardan,
soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, qo‗shilgan qiymat
solig‗i tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari), transportda tashishga haq
to‗lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va
yetkazib berishga haq to‗lashdan kelib chiqib shakllanadi
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‗lgan mehnatga haq to‗lash xarajatlari.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‗lgan mehnatga haq to‗lash xarajatlari
tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: