1-BOB.
IQTISODIY
TAHLILNING
PREDMETI,
ASOSIY
VAZIFALARI VA TAMOYILLARI
1.1. Iqtisodiy tahlilning zamonaviy boshqaruvdagi roli, o„rni va
ahamiyati.
1.2. Iqtisodiy tahlil fanining predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari,
prinsiplari.
1.3. Iqtisodiy tahlilning boshqa fanlar o„rtasida tutgan o„rni va o„ziga
xos xususiyatlari.
1.4. Iqtisodiy tahlil subyektlari (haqiqiy va bo„lg„usi investorlar,
kreditorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek
hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa
manfaatdor foydalanuvchilar) va ularning qiziqishlari.
1.1
Iqtisodiy tahlilning zamonaviy boshqaruvdagi roli, o„rni va
ahamiyati
Iqtisodiyotni globallashuvi, integratsion jarayonlar, innovatsion jadallik va
kuchli raqobat muhitidagi talablar hisob-kitoblarga oid fanlar tizimini ham
zamonaviy biznes qoidalariga mos tarzda takomillashtirishni talab etmoqda.
Negaki, manfaatlar ustuni sifatida tan olingan bozor modeli avvalo, aniq hisob-
kitoblar algoritmini, ularni baholashni va chuqur tahliliy yechimlarni talab etadi
1
.
XXI asr – dunyo iqtisodiyotining yangicha shakllanish asridir. Bu dunyo
insoniyatni, ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy hayotning o‗zgarishini, iqtisodiy
modellar transformatsiyasini, xalqaro munosabatlarni, globallashuv va yangi
geoiqtisodiy qurilishini shakllanishini anglatadi. Bugungi iqtisodiyot aybni
o‗zgalardan axtaradigan, muammolar yechimiga osongina kelinadigan, hammaning
boshini bir xilda silaydigan, istagancha mol-mulkka ega bo‗lishda ilmni, bilimni
talab qilmaydigan, o‗zgarish va rivojlanishda cheksiz imkoniyatlarni ochib
1
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. T.: ―Iqtisod-Moliya‖, 2015.-316
б.
7
beruvchi, tahlikalardan holi bo‗lgan iqtisodiyot emasligini tan olish kerak.
Zamonaviy iqtisodiyot avvalo chuqur tahliliy yechimlar asosida doimo o‗zini
yangilab boruvchi, tartibga soluvchi va turli tahlikalarga ta‘sirchan murakkab
tizimga aylanib bormoqda. Xo‗sh iqtisodiyotda, uning makro va mikro ko‗lamdagi
boshqaruvida tahlilning roli, o‗rni va ahamiyati nimada?
Makroko‗lamda tahlil fan sifatida shakllanmagan. Lekin bu bilan
makroko‗lamda tahlil amalga oshirilmaydi degani emas. Uning muhim jihatlari
boshqa fanlar (iqtisodiyot, makroiqtisodiyot, marketing, statistika va h.k.)
doirasida amalga oshiriladi. Mikroko‗lamda esa tahlil oldiga bir qator murakkab
vazifalar qo‗yiladi va ularni hal etish orqali quyi bo‗g‗in hisoblangan xo‗jalik
yurituvchi subyektlarning moliya-xo‗jalik faoliyatining tashxisi qo‗yiladi.
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini o‗rganish va tahlil etish orqali
ularning samarali faoliyatini yo‗lga qo‗yish va uni o‗stirish imkoniyatlarini
baholashda, korxona ishlab chiqarish, tijorat va moliya faoliyatidan moliyaviy
resurslarning kirimiga va ulardan moliyaviy holatni o‗stirishda foydalanish
darajalariga, raqobatdoshlik, moliyaviy natijalarni kutilishini prognozlash va
iqtisodiy rentabellikni xo‗jalik faoliyatining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan
holda oshirishning yo‗llarini belgilashga, moliyaviy resurslardan yanada samarali
foydalanishning chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi.
Moliyaviy raqobatdoshlikka va to‗g‗ri moliyaviy siyosatni yuritishga
korxona foydasini maksimallashtirish, kapital tarkibini optimallashtirish va uning
moliyaviy barqarorligini ta‘minlash, mulkdorlar (qatnashchilar, ta‘sischilar),
investorlar va kreditorlar uchun moliyaviy holatning jozibadorligini oshirish,
korxona boshqaruvi yuzasidan samarali mexanizmni shakllantirish, shuningdek,
moliyaviy resurslarni jalb etishda bozor mexanizmining barcha imkoniyatlaridan
foydalanish orqaligina erishish mumkin.
O‗z navbatida, iqtisodiyot subyektlari faoliyatidagi erkinlik, natijaga egalik,
rivojlanish va taraqqiyotning yangicha mazmuni boshqaruvning butun bir tizimini
ham takomillashtirishni talab etmoqda.
Bugungi kunda korxonalar oldida juda keng imkoniyatlar ochilmoqda.
8
Nafaqat xo‗jalik yurituvchi subyektlar jamoasi, mulk egalari, investorlar balki
butun bir davlatlar va jamoatchilik tizimi ham boshqaruvdagi o‗zgarish va
rivojlanishdan manfaatdordirlar.
Zamonaviy boshqaruvni:
2
- yaqin va uzoq davriylikni qamrab olgan – rejalashtirish;
- mulk egalari va maqsadli foydalanuvchilarni moliyaviy va boshqa
axborotlar bilan ta‘minlovchi – buxgalteriya hisobi;
- axborotlarni chuqur qayta ishlash, faoliyatga obyektiv baho berish,
iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarni aniqlash orqali tezkor, joriy va istiqboldagi
boshqaruv strategiyasini belgilab beruvchi – iqtisodiy tahlil;
- faoliyatni yo‗lga qo‗yish va maqsadli boshqarishning aniq yechimlari va
natijaviyligini ta‘minlovchi, innovatsion va aqlli iqtisodni ta‘minlashga imkon
beruvchi – ilmiy faoliyat;
- faoliyat samaradorligi va natijaviyligidan kelib chiqqan holda
munosabatlarni muvofiqlashtirishning muhim mezoni bo‗lgan – mehnatni munosib
rag‗batlantirish;
- va boshqa (ijtimoiy, ekologik, texnikaviy, tashkiliy) jihatlarni qamrab
olgan – murakkab tizim deb qarash lozim.
Xo‗jalik yurituvchi subyektlari oldida turgan muhim vazifalarni hal
etilishiga albatta axborotlar oqimi va ularni tahliliy xulosalariga tayangan
zamonaviy boshqaruvni yo‗lga qo‗yish va takomillashtirish orqaligina erishiladi.
Boshqaruv obyekti va subyektlari, uning muhim birliklari va tasnifiy
jihatlarini quyidagicha ifoda etish mumkin.
‗
2
K. R. Subramanyam Financial statement analysis, Eleventh edition.Published by McGraw-Hill
Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by, 2-бет
9
1.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |