78
Metodik jihatdan ushbu usul gorizontal va vertikal, trend tahlili usullariga
o‗xshaydi. Lekin ulardan tubdan farq etadi. Taqqoslash tahlilida esa ushbu tahlil
obyekti, yoki tahlil etilayotgan korxona bo‗yicha ma‘lumotlar boshqa subyektlar
ma‘lumotlari bilan, normativ me‘yorlar bilan, reja ko‗rsatkichlari bilan, tarmoq
bo‗yicha o‗rtacha, ilg‗or ko‗rsatkichlar bilan ham taqqoslanishi nazarda tutiladi.
Taqqoslash tahlilida moliyaviy hisobot elementlari va moddalarining o‗zgarishiga,
moliyaviy holatni xarakterlovchi ko‗rsatkichlarga baho beriladi. Mutlaq ifodalar,
nisbiy ifodalar bilan to‗ldiriladi.
Iqtisodiy tahlilda taqqoslash tahlilining shartlari:
-taqqoslashni inverval oraliqlar bir xilda olinishi;
-taqqoslash ko‗rsatkichlari bir xil o‗lchovli bo‗lishi;
-taqqoslashni bazaviy ko‗rsatkichi, normativ ko‗rsatkichlarini belgilab
olishda rasmiy jihatlarga amal etilishi;
-taqqoslashning obyektlari bo‗yicha moliyaviy hisobotlarni tuzish qoidalari
bir xilda bo‗lishi;
-moliyaviy hisobot elementlari, moddalarini tarkiblash va ko‗rsatkichlarini
aniqlash metodikasi bir xilda bo‗lishi lozim.
Taqqoslash usuli iqtisodiy tahlilning an‘anaviy usullari qatorida eng ko‗p
qo‗llaniladigan usul hisoblanib undan tahlilning boshqa usullari bilan birgalikda
korxona moliyaviy holatini to‗la ochib berishda foydalaniladi. Bu jihati bilan
qiyosiy tahlil ham moliyaviy tahlilning ham boshqaruv tahlilining usuli sifatida
qaraladi.
2.45-jadval
Dostları ilə paylaş: