QO’LLANMA HAQIDA MA’LUMOT:
Xabaringiz bor 2019-2020-o'quv yili OTM larga kirish imtihonlarida TARIX fanidan xaritaviy testlar
ham tushishi
belgilandi.Yaqinda esa Tarix bloklariga Geografiya fani 2 -mutaxasislik fan sifatida kiritildi.Bundan tashqari,Tarixni o'rganishning
oson yo'llaridan biri bu tarixni xarita yordamida o'rganish hisoblanadi.Biz shularni hisobga olgan holda
"MUKAMMAL XARITA"
xaritaviy qo'llanmasini tuzdik.Ushbu qo'llanma quyidagi tartibda tuzilgan:
I.
DAVLATLAR JOYLASHUVI
Ushbu bo’limda har bir qit’a bo’yicha berilgan davlatlar joylashuvi bilan tanishib chiqasiz va qo’shni
davlatlar,shuningdek,ocean va dengizlar joylashuvini ham o’rganib chiqasiz
II.
TOPSHIRIQ
Har bir qit’a bo’yicha yozuvsiz topshiriqlar(davlatlar bo’yicha).Bu bo’limda I shaklda ko’rsatilgan davlatlar
yopiq ya’ni yozuvsiz shaklda,raqamlar bilan belgilangan holda bo’ladi siz esa bu raqamlar
ostida joylashgan
davlat qaysi ekanligini topib,maxsus blankaga yozib chiqishingiz kerak bo’ladi
III.
DTM-2019 XARITAVIY TESTLAR
Mazkur bo’limda esa 2019-2020-o’quv yili OTM larga kirish imtihonlarida tarix fanidan
tushgan xaritaviy test
savollarini bajarishingiz kerak bo’ladi(Qit’alar bo’yicha)
O’ylaymizki mazkur qo’llanma sizning kelgusi ishlaringizda ham katta ast qotadi,hammaga
omad!!!
Ne’matulla
Zamonov
TARIX FANIDAN XARITAVIY TESTLARNI YECHISHDA
BERILADIGAN MASLAHATLAR:
Xaritaviy testlarni yechishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
➀
dastlab,berilgan savol sharti diqqat bilan o’qiladi;
➁
Xaritada ko’rsatilgan(yulduzcha yoki raqam bilan) davlat(lar) qaysi ekanligi
aniqlanadi;
➂
Davlat(lar) joylashuvini aniqlashtirish uchun berilgan xaritadagi ma’lum bir
obyekt orientirga olinadi ya’ni mo’ljallanadi.Xaritadagi mo’ljal
vazifasini esa
chegaradosh davlatlar,dengiz va okeanlar bajaradi.Shuning
uchun albatta
xaritaviy test savolida dengiz va okean nomlari ko’rsatiladi;
➃
Agar davlatlar joylashuvini o’rganishga qiynalayotgan bo’lsangiz davlatlar
joylashuvini ma’lum bir shakliy o’xshashlik orqali eslab
qolishga harakat
qiling.Lekin,«Mukammal XARITA» qo’llanmasini to’liq o’zlashtirib olsangiz
bunga mutlaqo hojat yo’q;
⑤
To’g’ri javob(lar) berilgan javob variant(lar)iga muvofiqlashtiriladi