bo’lgan o’nlab mayda-mayda varvar qirolliklari vujudga keldi. Lekin bu o’zgarish
faqat siyosiy o’zgarishlardangina iborat emas edi.
Xalqlarning Buyuk ko’chishi deb atalgan ko’chishning
tarixiy ahamiyati
uning ijtimoiy natijalaridadir. Bu ko’chish xalqlarning shunchaki bir joydan
ikkinchi joyga ko’chishi emas edi. Bu ko’chish dunyodagi eng katta
imperiyalardan byrini istilo qilishdangina, yemirishdangina
iborat emas edi, Bu
ko’chish - antik quldorlik tuzumining halok bo’lishi edi. YUqorida ko’rib
o’tganimizdek, varvarlar imperiyani istilo qylish protsessida Rim jamiyatidagi
ezilgan sinflar bilan-qullar va kolonlar bilan birgalashib ish ko’rdilar. SHunday
qilib, kullar bilan kolonlar quldorlik tuzumini yiqitishda bevosita,
aktiv ishtirok
etdilar. Ularning ko’pi varvarlar qo’shini safiga kirdi. Qolganlari esa
xo’jayinlarining qo’lidan ko’plab qochib ketdi, bu vaqtda xo’jayinlar qochoqlarni
qaytarnb olib kelishdan ojiz edilar. Oqibat-natijada
Rim qullari va kolonlari
dehqonlar ommasiga aylandilar, kelgindi varvar dehqonlarning bu dehqonlardan
farqi shu ediki, kelgindilar bularga qaraganda erkinroq va mustaqilroq edilar.
Darhaqiqat, varvar zodagonlari orasidan chihqan yangi yer egalari yer olish
bilan birga bir nechta qul ham olgan edilar. Lekin,
birinchidan, ular oladigan qullar
juda ham oz bo’lar edi, chunki o’sha vaktda quldorlik latifundiyalarida qullarning
soni umuman juda kamayib ketgan edi;
ikkinchidan, eski xo’jayinlariing, ya’ni
Rim quldorlarining o’rnini olgan yangi xo’jayinlar qullarni odatda darhol obrok
to’laydigan dehqonlarga aylantirar edilar. Qulliknipg plantatorlar tomonidan
ko’llanilgan formasini (yoki kazarma formasini) german zodagonlari ilgari ham
haddan tashqari murakkab va beso’naqay forma deb hisoblar edilar.
Plantatorlardagi qullik yangi sharoitga (ko’p qullar yaqinda ozod bo’lib kstgan edi,
markazlashgan politsiya apparati yo’q edi, varvar
qirolliklarining davlad
hokimiyati kuchsiz edi va hokazo) ayniqsa to’g’ri kelmas edi. Quldorlik
hukmronligini yo’q qilib tashlagan buyuk o’zgarish natijasida eskicha, rimcha
qullik ma’nosidagi qulchilik uzil-kesil yo’qoldi. Eski
quldor zodagonlarning yer-
mulklari juda ko’p yangi yer egalari o’rtasida bo’lipib ketdi. Bu yangi yer
egalarining bir qismi yangi, varvar aristokratlar bo’lib, bular keyingi o’rta asr
feodallarinilg eng yaqin o’tmishdoshlari edilar. Yerlarning bir qismi esa varvar
dehqonlar qo’liga o’tdi, bu dehqonlar shaxsiy erkinliklarini
hali saqlab qolgan va
o’zlarining jamoa tartiblarini yangi joyga ko’chirib olib kelgan edilar, bu jamoa
tartiblari sinflar paydo bo’lmasdan ilgarigi urug’chilik tuzumi bilan bog’langan
edi.
Dostları ilə paylaş: