I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Amfibiyalarning
ko‘
pchilik
vakillarida 
ikki juft yurish 
oyoqlari
rivojlangan. Oldin-
gi oyoqlari yelka, bilak va panja, orqa oyoq-
lari son, boldir va tovon bo‘limlariga bo‘lina-
di. Baqa ning oldingi oyoqlari to‘rt barmoqli 
bo‘lib, beshinchi barmog‘i rivojlanmagan. Orqa 
oyoqlarining besh barmoq lari orasida tarang 
tortilgan suzgich pardasi bo‘ladi 
(
9.21-rasm)

Baqaning skeleti baliqlarnikiga o‘xshaydi, lekin 
quruqlikda yashashi va oyoqlarining paydo 
bo‘lishi bir qator o‘ziga xosliklarni aks ettiradi. 
Xususan, umurtqa pog‘onasi bo‘yin umurtqasi
orqali kalla suyagi bilan harakatchan birikkan, 
qovur g‘alari rivojlanmagan, dum umurtqa
-
lari birlashib, bitta dum suyagini hosil qilgan. 
Baqaning oldingi va orqa oyoqlari skele ti ka
-
mar suyaklari orqali umurtqa pog‘onasi bilan 
tutashgan. Oldingi oyoqlar skeleti bitta
yelka, 
ikkita bilak va bir qancha panja suyaklaridan 
iborat. Ular yelka kamari: ikkitadan ko‘krak-tir-
gak, o‘mrov va kurak suyaklari orqali umurtqa 
pog‘onasiga birikadi. Kamar suyaklarining 
ikkinchi uchi to‘sh suyagiga tutash gan. Orqa 
oyoq lar son, boldir, tovon, panja suyaklaridan 
iborat. Orqa oyoqlar kamarini o‘zaro harakat
-
siz birikkan uchta chanoq suyaklari hosil qiladi. 
Chanoq suyaklari orqa oyoqlar uchun tayanch 
bo‘ladi 
(9.22-rasm)
.
Reptiliyalardan
kaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi bo‘ladi. Oyoqlar tanaga ikki yon 
tomondan birikkan bo‘lganidan tanasini dast ko‘ta rib turmaydi. Shuning uchun harakatlanayot
-
gan kaltakesakning qorni yerda sudraladi; dumi yu rishga yordam beradi 
(
9.23-A 
rasm
)
. Ilonlar va 
ba’zi kaltakesaklar (sariq ilon)da oyoq rivojlanmagan, ular gavdasini egib, qovurg‘alariga tayan
-
gan holda harakat qiladi. Kaltakesakning skeleti baqanikiga o‘xshasa-da, bir qator o‘zgarishlar 
bilan farq qiladi.
1–miya qutisi; 2–umurtqa; 3–orqa oyoq kamari; 
4–son; 5–boldir; 6–tovon; 7–oyoq kafti; 8–
barmoqlar; 9–bilakuzuk; 10–kaft; 11–bilak; 
12–to‘sh; 13–yelka; 14–oldingi oyoq kamari
Kaltakesak tanasining tuzilishi: 
А – tashqi ko‘rinishi: 1 – bosh;
2 – gavda (tana); 3 – dum; 4 – orqa 
oyoqlar; 5 – oldingi oyoqlar. 
B – skelet: 1 – miya qutisi; 2 – 
oldin gi oyoqlar kamari; 3 – oldingi 
oyoqlar kafti; 4 – bilak; 5 – yelka; 
6 – umurtqa; 7 – son; 8 – boldir; 
9 – orqa oyoq kafti; 10 – orqa oyoq 
kamari.
9.22-rasm. 
Baqa skeleti.
9.21-rasm. 
Baqaning harakat organlari.
orqa oyoq
oldingi oyoq
baqaning 
umumiy 
ko‘rinishi
9.23-rasm. 
Kaltakesakning umumiy ko‘rinishi va skeleti.
A
B
5
2
4
3
2
1
4 5 6 7
8
9
10
3
1


134
Masalan, boshi 8 ta bo‘yin umurtqasi orqali tanasiga harakatchan birikkan. Ko‘krak 
umurtqalari ning har biriga ikki yon tomondan bittadan qovurg‘a tutashgan. Qovurg‘alarning 
ikkinchi uchi esa to‘sh suyagiga tutashgan. Ko‘krak umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh suyagi bir
-
galikda ko‘krak qafasini hosil qiladi 
(
9.23-B 
rasm
).
Ko‘pchilik toshbaqalar quruqlikda, ayrim turlari suv havzalarida hayot kechiradi. Chuchuk 
suvda hayot kechirishga moslashgan turlarining barmoqlari orasida suzgich pardasi bo‘ladi. 
Dengiz toshbaqalarining oyoqlari eshkak vazifasini o‘taydi.
Timsohlarning orqa oyoqlari 
barmoq lari orasiga parda tortilgan va ikki yondan siqilgan kuchli uzun dumi yordamida suzadi 
va sho‘ng‘iydi. 
Qushlar
havo muhitida yashashga moslashgani uchun suyaklari yengil, naysimon suyak-
larning bo‘shlig‘i havo bilan to‘lgan, oldingi oyoqlari qanotga aylangan, orqa ikki oyog‘iga 
tayanib yerda yuradi. Qushlar uchganida qanot va dumidagi qoqish va boshqarish patlari 
bir-birining ustiga cherepitsa singari tushib, ko‘tarish yuzasini hosil qiladi. Qanot yelka, ikki-
ta bilak (tirsak va bilak) va bir necha panjalardan tashkil topgan. Qushlarning qanotida faqat 
uchta barmoq bo‘ladi. Qanotidagi mayda panja suyaklar qo‘shilib, yaxlit bitta suyakni hosil 
qiladi. Qushlarning oyoqlari yo‘g‘on son, ikkita boldir hamda ilik va barmoqlardan iborat. Ilik 
suyagi faqat qushlar uchun xos bo‘lib, bir necha mayda suyaklarning birikishidan hosil bo‘ladi. 
Ilik suyagining pastki uchiga barmoq suyaklari kelib tutashgan. Ilik suyagi qush tanasini yerdan 
dast ko‘tarib turadi va qo‘nayotganda tanaga beriladigan zarbani kamaytiradi. Uchmay digan 
qushlarning oyoqlari yaxshi rivojlangan. Yaxshi rivojlangan oyoq muskullari qushlar ning yerda 
harakatlanishiga yordam beradi. Oyoq bo‘g‘imlari orqali paylar o‘tgan. Paylar uchi barmoqlar
-
ga birikadi. Qush shoxga qo‘nganida bu paylar tortiladi va barmoqlar siqilib, shoxni mahkam 
ushlab turadi. Shuning uchun qushlar daraxt shoxida bemalol o‘tirishi va yiqilib tushmas dan 
uxlashi mumkin.
9.24-rasm. 
Qushlar sinfi vakillarida harakatlanish organlari. 
1 – ko‘k kaptar; 2 – burgut; 3 – Afrika tuyaqushi; 4 – o‘rdak.
Suv qushlarining barmoqlari orasiga parda tortilgan, oyoqlari biroz orqaroqda joylashgan 
bo‘ladi. Qushlarning pat va parlari zich joylashib, suv o‘tkazmaydigan tig‘iz qoplag‘ichni hosil 
qiladi. Qushlar dumg‘aza bezlari ajratib chiqaradigan yog‘simon suyuqlikni tumshug‘i bilan 
siqib olib, patlariga surtib turadi. Bu suyuqlik patlarga suv yuqtirmaydi, ularni qayishqoq va 
egiluvchan qiladi. Suv havzalarida yashovchi qushlarning ko‘pchiligi suvda chaqqon suzadi va 
sho‘ng‘iydi, ozig‘ini ham suvdan topadi. Suv qushlari quruqlikda sekin va beso‘naqay harakat
-
lanadi 
(
9.24-rasm)
.
Qushlarning skeleti bosh, umurtqa pog‘onasi, qanot, oyoq, yelka va chanoq kamarlari 
skele tidan tashkil topgan. Bosh skeleti yumaloq bosh qutisi, yirik ko‘z kosasi, yuqori va past
-
ki jag‘lardan iborat. Umurtqa pog‘onasining bo‘yin bo‘limi uzun bo‘lib, o‘zaro harakatchan, 
ko‘krak umurtqalari esa o‘zaro harakatsiz birikkan. Bel, dumg‘aza va dum umurtqalari o‘zaro
4
2
1
3


135
birikib, yagona dumg‘aza suyagini hosil qiladi. Dum suyagi qushlarning dumidagi burilish 
patla ri uchun tayanch bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasining ko‘krak bo‘limi qovurg‘alar va to‘sh 
suya gi bilan birga ko‘krak qafasini hosil qiladi. To‘sh suyagining pastki tomoni kengayib, qayiq-
qa o‘xshash ko‘krak toj suyagini hosil qiladi. Bu suyakka qanotlarni harakatga keltiradigan 
muskullar birikadi. Qovurg‘alarning bir uchi ko‘krak umurtqalari, ikkinchi uchi to‘sh suyagi 
bilan harakatchan qo‘shilgan. Qanotlar kamari ko‘krak-tirgak, kurak va o‘mrov suyaklaridan 
iborat. O‘mrov suyaklarining pastki uchi tutashib, ayrini hosil qiladi. Qanot skeleti bitta yelka, 
ikkita bilak (tirsak va bilak) va bir necha panja suyaklaridan tashkil topgan 
(
9.25-rasm)
.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin