I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Yassi chuvalchanglar 
tipiga mansub kiprikli chuvalchanglar tanasi kiprikli epiteliy bilan 
qoplangan 
(9.10-rasm)
. Ular kipriklar yordamida sirpanib harakat qiladi (oq planariya). 
Parazit hayot kechirishga moslashgan so‘rg‘ichlilar va tasmasimon yassi chuvalchanglar 
(jigar qurti, qoramol tasmasimon chuvalchangi), to‘garak chuvalchanglar (odam askaridasi)da
harakatlanish organlari yo‘qolib ketgan. 
Ko‘p tukli halqali chuvalchangda
tananing har bir segmentida maxsus harakat organ - 
lari – muskulli o‘simtalar – parapodiyalar shakllangan (nereida) 
(9.11-rasm)

Mollyuskalarning
harakatlanish organlari muskulli oyoqlardan iborat (
9.12–9.13-rasmlar
). 
Boshoyoqlilar
sinfining vakillarida esa oyog‘ining oldingi qismi o‘zgarib, paypaslagichlarni 
hosil qiladi. Oyoqlari asosida voronkasi joylashgan. Ularning mantiya bo‘shlig‘iga suv o‘tib 
turadi. Suvni mantiya bo‘shlig‘idan voronkasi orqali katta bosim ostida siqib chiqarib, reaktiv 
harakat qiladi.
Bo‘g‘imoyoqlilar
tanasi qattiq xitin po‘st bilan qoplangan bo‘lib, tashqi skelet funksiyasi-
ni bajaradi. Chunki unga ichki organlar muskullari va oyoqlar birikadi. Bu tip vakillarida 
harakatlanish organlari – oyoqlar rivojlangan. Qisqichbaqasimon va o‘rgimchaksimonlar ning 
oyoqlari tanasining boshko‘krak bo‘limida, hasharotlarning oyoqlari ko‘krak bo‘limida joylash-
gan.
Qisqichbaqasimonlarda besh juft, o‘rgimchaksimonlarda to‘rt juft, hasharotlarda uch juft 
oyoqlar bo‘ladi. Qisqichbaqasimonlar oyoqlari qisqichlar, o‘rgimchak va hasharotlar oyoqlari 
tirnoqlar bilan ta’minlangan. Qisqichbaqalar qorin bo‘limining har bir segmentida bir juftdan 
qorinoyoqlar rivojlangan. 
Yashash muhiti hasharotlarning tuzilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yerda o‘rmalab yuradi-
gan hasharotlar (qo‘ng‘izlar)ning hamma oyoqlari bir xilda tuzilgan. Sakrab harakat qiladi
-
gan chigirtkalarning orqa oyoqlari yo‘g‘on va uzun bo‘ladi. Suv qo‘ng‘izi va suv qandalalari 
oyoqlari eshkakka aylangan 
(9.14-rasm)
. Tuproqda yashovchi buzoqboshining oldingi oyoqlari 
belkurakka o‘xshash.
9.14-rasm. 
Bo‘g‘imoyoqlilar tipi vakillarida harakatlanish organlari.
1 – daryo qisqichbaqasi; 2 – sariq chayon; 3 – yashil bronza qo‘ng‘izi; 4 – suv qo‘ng‘izi.
9.12-rasm.
Chuchuk suv shillig‘ining 
harakatlanish organi.
9.13-rasm.
Baqachanoqning 
harakatlanish organi.
oyoq
1
2
3
4
qorinoyoq


130
Hasharotlarning harakatlanish jarayonida oyoqlar bilan birga qanotlar ham ishtirok etadi 
(9.15-
9.16-rasmlar
).
9.17-rasm. 
To‘shak qandalasi.
9.18-rasm. 
Burganing oyoqlari.
Parazit hayot kechiradigan hasharotlar – to‘shak qandalasi, burga, bitlarning qanotlari 
yo‘qolib ketgan (
9.17-9.18-rasmlar
). 

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin