I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Xavfsizlik qoidalari: 
1. Shisha plastinka, termostat bilan ishlaganda diqqat-e’tiboringizni boshqa narsaga qarat-
mang.
2. To‘g‘nag‘ich bilan ishlaganda o‘zingizni ehtiyot qiling.
Ishni bajarish tartibi:
1. Shisha plastinkani qog‘oz bilan o‘rang, 1–2 cm qalinlikdagi yoki 4–5 qavat karton qog‘oz 
bo‘laklarini ip bilan bog‘lang.
2. Ildizi tik o‘sgan urug‘ni to‘g‘nag‘ich yordamida karton qog‘oz ustiga biriktirib qo‘ying. 
3. Tayyorlangan urug‘ tagiga suv qo‘yilgan shisha banka joylashtirib, bankaning ustini oyna 
bilan berkiting. 
4. Normal harorat hosil qilish uchun urug‘ joylangan bankani termostatga qo‘ying. Urug‘dan 
о‘sib chiqqan ildiz va poyaning uzunligi taxminan 5–10 mm ga yetgandan so‘ng, ildizni 
yuqo riga, poyani esa pastga qaratib qo‘ying. 
1
2
1
2


128
5. Oradan bir-ikki kun o‘tgach, yuz bergan o‘zgarishlarni aniqlang, ya’ni yerning tortish 
kuchi yoki o‘simliklardagi qonuniyat bo‘yicha poya yuqoriga qarab, ildiz esa pastga qarab 
o‘sganiga e’tibor bering. 
6. Tajriba davomi va xulosasini daftarga yozib boring, rasmni chizib oling.
O‘simlikda geotropizm.
Muhokama qiling va xulosa chiqaring:
1. Geotropizm hodisasi fotonastiyaga qaysi jihatlari bilan o‘xshashini izohlab bering.
2. O‘tkazilgan tajribada ildizning o‘suvchi qismi teskari qilib qo‘yilgan bo‘lsa-da, uning past
-
ga qarab o‘sgani sababi nimada deb o‘ylaysiz? 
3. Geotropizm hodisasi o‘simliklar hayoti uchun qanday ahamiyat kasb etishini misollar 
asosida izohlab, xulosa qiling.
9.3. UMURTQASIZLARNING HARAKATLANISH ORGANLARI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
Hayvonlar uchun harakat
-
lanishning qanday ahamiyati bor? Hayvonlarda harakatlan
-
ish qanday amalga oshadi?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Harakatlanish – 
tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan 
biridir. Barcha tirik organizmlar kabi hayvonlar ham mun
-
tazam harakatda bo‘ladi. Hayvonlar o‘ziga oziq izlashi, bir joyidan boshqa bir joyga o‘tishi, o‘z 
jufti va bolalarini topishi hamda xavf-xatardan saqlanishi uchun faol harakatda bo‘lishi zarur. 
Hayvonlarning harakatlanish organlari turlicha tuzilgan. Bu ularning yashash muhitiga 
bog‘liq.
Hayvonlarning harakatlanishi muskul tolalarining qisqarish xususiyati bilan bog‘liq. 
Bo‘shliq ichlilar ektoderma qavati teri-muskul hujayralari, entoderma qavati hazm qiluvchi 
hujayralaridagi muskul tolachalarining qisqarishi hisobiga harakatlanadi.
Yassi, to‘garak, halqali chuvalchanglarda epiteliy ostida halqasimon va bo‘ylama muskullar 
rivojlangan.
9.10-rasm.
Planariyaning kiprikli epiteliy 
hujayralari umumiy ko‘rinishi.
9.11-rasm.
Nereida harakat 
organlarining umumiy ko‘rinishi.
Ektoderma • Entoderma 
• Halqasimon muskul 
• Bo‘ylama muskul • 
Parapodiyalar • Reaktiv 
harakat


129

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin