Tropizm – o‘simlik organlarining ta’sir etuvchi omil tomon yo‘nalgan holda o‘sishi (
mus- bat ) yoki omilga nisbatan teskari yo‘nalishda o‘sishi (
manfiy ) orqali namoyon bo‘ladigan hara-
kat. Masalan, o‘simlik ildizi yerga chuqur o‘sib kiradi, novda esa yorug‘lik tomonga o‘sadi.
O‘simlik tropizmlari atrof-muhit o‘zgarishiga moslashish mexanizmlaridan biri sanala-
di. O‘simliklarning o‘sishiga yorug‘lik, yerning tortish kuchi, harorat kabi omillar ta’sir etadi.
Ta’sir etuvchi omil turiga ko‘ra fototropizm, geotropizm, tigmotropizm va boshqa ko‘plab xil
-
lari farq qiladi.
Fototropizm – (yunoncha
fotos – “yorug‘lik”,
tropos – “burilish”) – o‘simlik organining
yorug‘lik tomonga qarab o‘sishi (
9.4–9.5-rasmlar ).
9.4-rasm. O‘simlikda fototropizm.
1
2
3
Buyum oynasi
Osh tuzi kristallari
Suv
NaCl
124
9.5-rasm. O‘simlikda fototropizm.
Geotropizm o‘simliklarning yerning tortish kuchiga javoban o‘sishidir
(9.6-rasm) . Geotropizm
o‘simliklar hayoti uchun juda muhimdir, chunki u ildiz o‘sishini yerning tortish kuchiga yo‘nal-
tiradi.
Tigmotropizm o‘simlik organining qattiq jismga tegishi natijasida buralib, ilashib o‘sishi
(9.7-rasm) . Masalan, ilashuvchi poyaga ega o‘simlik gajaklari biror jismga tegishi bilan bura-
lib o‘sa boshlaydi. O‘simliklarning shu xususiyatidan foydalanib katta uzumzorlarni yaratish
mumkin.
Nastiya – o‘simlik organlarining ta’sir etuvchi omilga javoban yo‘nalishga ega bo‘lmagan
ha rakati.
Fotonastiya bu – o‘simlik organlarining kun va tun almashinishi bilan bog‘liq haraka
-
ti
(9.8-rasm) . Masalan, ba’zi o‘simliklarning gullari tong otganda ochiladi, kun botganda esa
yopiladi (qoqio‘t, lola), boshqa bir o‘simliklarning gullari esa, aksincha, kun botganda ochiladi,
tongda yopiladi (namozshomgul).
9.8-rasm. O‘simliklarda fotonastiya.
9.6-rasm. Urug‘ning unib
chiqishida geotropizm.
9.7-rasm. Tokning o‘sishida
tigmotropizm.
125
Hasharotxo‘r o‘simliklarda hasharotlarni tutishga moslashgan, shakli o‘zgargan barglarning
harakati ham nastiyaning bir ko‘rinishidir
(9.9-rasm) .
9.9-rasm. Hasharotxo‘r o‘simliklarda barglarning nastik harakati.