I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Odamning 
siydik 
ayirish sistemasi
bir juft loviyasimon buyrak, siydik yo‘li, qovuq (siy-
dik pufagi) va siydik chiqarish kanalidan iborat. Buyraklar qorin bo‘shlig‘ining bel qismida 
joylashgan.
Buyrak loviya shaklida bo‘lib, uning botiq qismi 
buyrak darvozasi
 
deyiladi. Darvoza orqali 
arteriya tomiri kiradi, vena tomiri va siydik yo‘li chiqadi. Har bir buyrak murakkab mikroskopik 
tuzilishga ega bo‘lgan
 
nefronlardan tashkil topgan. Nefronlar buyrakning ish bajaruvchi asosiy 
tuzilmasi hisoblanadi. Arteriya tomiri orqali buyraklarga kelgan qon kapillyarlarga tarmoq-
lanib, nefronlargacha boradi. U yerda qonning suyuq qismi filtrlanib, modda almashinuvi nati
-
jasida hosil bo‘lgan mochevina kabi qoldiq moddalar ma’lum miqdorda suv bilan siydik yo‘li 
orqali buyrakdan chiqib, qovuqqa yig‘iladi va siydik chiqarish kanali orqali chiqarib yuboriladi.
XULOSA CHIQARAMIZ

Tirik organizmlar hayotida ayirishning ahamiyati zararli moddalardan xoli bo‘lish va 
gomeostazni ta’minlashdan iborat. 
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ
Bilish va tushunish
1. Hayvonlar hayotida ayirishning qanday ahamiyati bor?
2. Hayvonlar organizmda hosil bo‘ladigan qoldiq moddalarga misollar keltiring.
3. Qaysi hayvonlarda ayirish sistemasi protonefridiy tipda tuzilganini ayting.
4. Haqiqiy buyrak qaysi sinf vakillaridan boshlab rivojlanganini aniqlang.
Qo‘llash
. Amfibiyalar ayirish organlarining tuzilishi baliq larnikiga o‘xshash bo‘lishi nimadan dalo
-
lat beradi?
Tahlil
. Umurtqali hayvonlarning siydik ayirish sistemasidagi 
o‘xshash va farqli jihatlar nimalardan iboratligini gapirib bering. 
Sintez
. Xordali hayvonlarning ayirish sistemasi haqida taqdi
-
mot tayyorlang. Taqdimotda ayirish sistemalarining hayvon 
hayo tiy faoliyati bilan bog‘liq jihatlarini yoriting. 
Baholash

Hayvonlarning ayirish va qon aylanish sistemasi 
Hayvonlarning ayirish va qon aylanish sistemasi 
orasidagi bog‘liqlikning ahamiyatini baholang.
orasidagi bog‘liqlikning ahamiyatini baholang.
Topshiriq
Qushlarning ayirish sis-
temasida qovuq bo‘lmaydi. Bu-
ning ahamiyati haqida ma’lumot 
to‘plang va muhokama qiling.
8.9-rasm.
Qushlarning siydik 
ayirish sistemasi. 
8.10-rasm.
Sutemizuvchilarning 
siydik ayirish sistemasi.


120

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin