I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta


Umurtqali hayvonlarda siydik ayirish sistemasining tuzilishi



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Umurtqali hayvonlarda siydik ayirish sistemasining tuzilishi. 
Umurtqali hayvonlarning 
siydik ayirish organlariga bir juft buyrak, bir juft siydik yo‘li va qovuq kiradi.
Baliqlarda siydik ayirish sistemasi
bir juft tana buyraklar, ulardan boshlanuvchi siydik 
yo‘llari, qovuq hamda siydik chiqarish kanalidan iborat. Qondagi moddalar almashinuvi 
qoldiqlari buyraklarda filtrlanadi va siydik yo‘llari orqali o‘tib, qovuqda to‘planadi. So‘ng siydik 
chiqarish kanalidan o‘tib, maxsus teshik orqali tashqariga chiqariladi 
(8.7-rasm)

8.5-rasm.
 
Metanefridiyning 
tuzilishi.
8.6-rasm.
 
Malpigi naychalari 
tuzilishi.
8.7-rasm
.
 
Baliqlarning siydik 
ayirish sistemasi.
8.8-rasm.
Amfibiyalarning 
siydik ayirish sistemasi. 


119
Amfibiyalarda siydik ayirish sistemasi 
baliqlarnikiga o‘xshaydi, lekin siydik chiqarish ka-
nalining kloakaga ochilishi bilan farq qiladi 
(8.8-rasm)
.
Reptiliyalar sinfi vakillarida siydik ayirish sistemasi
bir juft chanoq buyraklar, ulardan 
boshlanuv chi siydik yo‘llari, qovuq hamda kloakaga ochiladigan siydik chiqarish kanalidan iborat.
Qushlarning siydik ayirish sistemasi 
reptiliyalarnikiga o‘xshaydi, lekin qovuq yo‘qolib ket
-
gani bilan ulardan farq qiladi 
(8.9-rasm)
.
Nima uchun qushlarda qovuq reduksiyaga uchragan? Buning ahamiyati nimada? 
Sutemizuvchilarning siydik ayirish sistemasi
bir juft chanoq buyraklar, ulardan boshla-
nuvchi siy dik yo‘llari, qovuq hamda maxsus teshik (tuxum qo‘yuvchi sutemizuvchilarda kloakaga 
ochiladi) orqali tashqariga ochiladigan siydik chiqarish kanalidan iborat 
(8.10-rasm)
.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin