I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta


O‘simliklarda ayirishning xususiyatlari



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

O‘simliklarda ayirishning xususiyatlari.
O‘simliklar organizmida moddalar almashinuvi 
natijasida hosil bo‘lgan moddalar bir necha yo‘llar bilan ajratiladi:
1. Barg og‘izchalari orqali (transpiratsiya). 2. Maxsus ajratuvchi to‘qimalar. 3. Xazonrezgilik.
O‘simliklarda hayvonlar singari maxsus ayirish organi bo‘lmaganligi sababli ularda ayi-
rishning o‘ziga xos mexanizmlari paydo bo‘lgan. Xususan, o‘simliklarning nafas olish jarayoni-
da havoga karbonat angidrid gazini, fotosintez jarayonida esa erkin kislorodni ajratishi barg 
og‘izchalari orqali amalga oshadi 
(8.1-rasm)

8.1-rasm.
Barg og‘izchalari: 1–barg og‘izchasining umumiy ko‘rinishi; 2–og‘izchalardagi moddalar 
almashinuvi; 3– barg og‘izchalarining holati.
Ekskretsiya • 
Transpiratsiya • Xazonrezgilik 
• Guttatsiya • Smola • 
Fitonsid
2
3
1


116
O‘simliklar tanasidagi ortiqcha suv ham barg og‘izchalari orqali bug‘lanadi. Bu jarayon 
transpiratsiya
deb ataladi. O‘simliklar tanasidagi ortiqcha suvni bug‘latish tufayli ildiz orqali 
suv va mineral tuzlarning so‘rilishi tezlashadi.
Tunda odatda barg og‘izchalari berk bo‘ladi. Lekin tuproqda namlik yuqori bo‘lsa, o‘simlik 
ildizlari odatdagidek suv so‘raveradi. Barg‘ og‘izchalari berk bo‘lganligi tufayli o‘simlik ichidagi 
ortiqcha suv barglarning chetidan bug‘lanmay turib tomchi ko‘rinishida ajralib chiqa boshlay
-
di. Bu jarayon 
guttatsiya
deb ataladi. Guttatsiya hodisasi namlik yuqori joyda o‘simliklarda, 
asosan tunda kuzatiladi. 
O‘simliklarda kechadigan hayotiy jarayonlar natijasida turli moddalar hosil bo‘ladi. Ularga 
efir moylari, kauchuk, nektar, smola, fitonsid kabi moddalarni misol qilish mumkin. Bu mod
-
dalar o‘simlikning ajratuvchi to‘qimalari faoliyati natijasida organizmdan chiqarib yuborili
-
shi olimlar tomonidan aniqlangan. Ajratuvchi to‘qimaning faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarga 
misol tariqasida zira, shivit urug‘lari efir moylari, mastak, tog‘turbid kabi zaharli o‘simliklar-
ning turli organlari: barg, poya, gullari orqali zaharli moddalarni ajratishini keltirish mumkin.
Rayhon, yalpiz kabi o‘simliklar nima uchun o‘zidan hid taratadi?

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin