I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Yassi chuvalchanglar
ning ayirish sistemasi protonef-
ridiylar (
protos
– “oddiy”, 
nefros
– “buyrak”)dan iborat. 
Protonef ridiylar
organlar oralig‘ini to‘ldirib turuvchi paren-
xemada joylashgan juda ko‘p bir uchi berk naychalardan 
boshlanib, tananing ikki yonida joylashgan yirik ikkita 
naychaga tutashadi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil 
bo‘lgan zararli moddalar va tanadagi ortiqcha suv naycha
-
larga sizib o‘tib, tashqi muhitga chiqib ketadi.
To‘garak chuvalchanglar
tipi vakillarida ayirish sistema-
si tanasi bo‘ylab joylashgan ikkita uzun naydan iborat. Bu 
ikki nay tananing oldingi tomonida birlashib, ayirish teshigi 
orqali tashqariga ochiladi.
Halqali chuvalchanglar
tipi vakillari (yomg‘ir chuval
-
changi)ning ayirish sistemasi tananing har bir bo‘g‘imida bir 
juftdan joylashgan naychalar – 
metanefridiylar
dan iborat. Har 
bir naychaning tana bo‘shlig‘ida joylashgan qismi kengaygan 
kiprikli voronkani hosil qiladi. Bu voronkaga tana bo‘shlig‘i 
suyuqligidan moddalar almashinuvining keraksiz mahsulot
-
lari ajralib turadi. Metanefridiylarning ikkinchi uchi teridan 
tashqariga ochilib, undagi zararli moddalar tashqariga chiqa
-
rib yuboriladi 
(8.5-rasm)
.
Mollyuskalar
da ayirish sistemasi metanefridiy tipdagi 
buyrakdan iborat. Qon buyrak orqali oqib o‘tib, tarkibida
-
gi zararli moddalardan tozalanadi va ayirish mahsulotlari 
chiqarilib yuboriladi.
Bo‘g‘imoyoqlilar
ning ayirish sistemasi har bir sinf vakillarida o‘ziga xos tuzilishga ega. 
Xususan, qisqichbaqasimonlarda ayirish sistemasi bosh tomonda joylashgan bir juft yashil 
bezlar va ularning naychalaridan iborat. Bu bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana 
bo‘shlig‘ida joylashgan, naychalari esa kalta mo‘ylovlarning asosida tashqariga ochiladi.
O‘rgimchaksimonlar va hasharotlar sinfi vakillarining ayirish sistemasi Malpigi naycha
-
laridan tuzilgan 
(8.6-rasm)
. Malpigi naychalari ichak bo‘shlig‘iga ochiladi. Ularning ayirish 
mahsuloti kristall shaklidagi qattiq moddadan iborat bo‘lib, ichak orqali tashqariga chiqariladi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin