I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Xazonrezgilik. 
Kuz kelishi bilan kunlar qisqarib, quyoshdan yerga keladigan yorug‘lik va 
harorat tobora kamayadi. Yorug‘lik va haroratning yetishmasligi tufayli o‘simlik hujayralarida 
fiziologik jarayon – xazonrezgilik sodir bo‘ladi 
(8.2-rasm)
. Xazonrezgilik bu – o‘simliklarning 
barg to‘kish orqali qishki tinim davriga tayyorlanishidir. Xazonrezgilik barcha o‘simliklarda bir 
vaqtda ro‘y bermaydi. Ayrim daraxt va butalarning barglari kuz kelishi bilan, ayrimlariniki esa 
barglari ancha barvaqt (jiyda, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt va aylant) to‘kiladi. 
Shamshod va archa kabi o‘simliklar barglarini yil davomida asta-sekin almashtirib turadi.
8.2-rasm.
Xazonrezgilik.
Xazonrezgilikda dastlab barg bandining poyaga birikkan qismida po‘kak hosil bo‘ladi. 
Po‘kakning hosil bo‘lishi barglarning to‘kilishidan darak beradi 
(8.3-rasm)

 8.
3-rasm. 
O‘simlik bargining to‘kilishi.
O‘simlik xazonrezgilik tufayli yil davomida barglarda to‘planib qolgan keraksiz modda
-
lardan xoli bo‘ladi hamda qishda barglar orqali suvning bug‘lanishini to‘xtatadi va tinim davri
-
ga o‘tadi.
Yon kurtak
Barg bandi
Ajratuvchi 
qoplam


117
Protoktistalardan oddiy amyoba, yashil evglena, tufelka infuzoriyasi kabi sodda tuzilgan bir 
hujayrali organizmlarda qoldiq moddalar va ortiqcha suvning tashqariga chiqarilishi qisqaruv-
chi vakuolalar orqali amalga oshiriladi 
(8.4-rasm)

XULOSA CHIQARAMIZ

O‘simliklar normal hayot kechirishi uchun ayirish muhim ahamiyatga ega. O‘simlik organ
-
larida turli moddalarning hosil bo‘lishi hayotiy jarayonlar natijasidir. O‘simliklar barg to‘kish 
yo‘li bilan qishki tinim davriga tayyorlanadi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin