124
9.5-rasm.
O‘simlikda fototropizm.
Geotropizm
o‘simliklarning yerning tortish kuchiga javoban o‘sishidir
(9.6-rasm)
. Geotropizm
o‘simliklar hayoti uchun juda muhimdir, chunki u ildiz o‘sishini yerning tortish kuchiga yo‘nal-
tiradi.
Tigmotropizm
o‘simlik organining qattiq jismga
tegishi natijasida buralib, ilashib o‘sishi
(9.7-rasm)
. Masalan, ilashuvchi poyaga ega o‘simlik gajaklari biror
jismga tegishi bilan bura-
lib o‘sa boshlaydi. O‘simliklarning shu xususiyatidan foydalanib katta uzumzorlarni yaratish
mumkin.
Nastiya
– o‘simlik organlarining ta’sir etuvchi omilga javoban yo‘nalishga ega bo‘lmagan
ha rakati.
Fotonastiya
bu – o‘simlik organlarining kun va tun almashinishi bilan bog‘liq
haraka
-
ti
(9.8-rasm)
. Masalan, ba’zi o‘simliklarning
gullari tong otganda ochiladi,
kun botganda esa
yopiladi (qoqio‘t, lola), boshqa bir o‘simliklarning gullari esa, aksincha, kun botganda ochiladi,
tongda yopiladi (namozshomgul).
9.8-rasm.
O‘simliklarda fotonastiya.
9.6-rasm.
Urug‘ning unib
chiqishida geotropizm.
9.7-rasm.
Tokning o‘sishida
tigmotropizm.
125
Hasharotxo‘r o‘simliklarda hasharotlarni tutishga moslashgan, shakli o‘zgargan barglarning
harakati ham nastiyaning bir ko‘rinishidir
(9.9-rasm)
.
9.9-rasm.
Hasharotxo‘r o‘simliklarda barglarning nastik harakati.
Dostları ilə paylaş: