I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

XULOSA CHIQARAMIZ

Taksis – erkin harakatlanuvchi sodda organizmlar yoki ayrim hujayralarning harakat 
reaksiyalari. Fototropizm, geotropizm, tigmotropizm o‘simliklarning yo‘naltirilgan harakat 
reaksi yalaridir. O‘simliklarning ma’lum yo‘nalishga ega bo‘lmagan harakat reaksiyalari esa 
nastiya hisoblanadi.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ
Bilish va tushunish
1. Taksis jarayoni deganda nimani tushunasiz? 
2. O‘simlik hayotida tigmotropizm hodisasining ahamiyatini izohlang.
3. Tropizm va uning turlarini bilasizmi?
4. O‘simliklar hayotida yorug‘likning qanday ahamiyati borligini ayting.
Qo‘llash
. Tropizm va uning turlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlang.
Tahlil
. Geotropizm jarayonini tahlil qiling.
Sintez
. O‘simliklarga yorug‘likning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha 
tajribalar o‘tkazing. Tajriba natijasida yorug‘likning o‘simliklar 
hayotidagi ahamiyati haqida taqdimot tayyorlang.
Baholash
. Tigmotropizm hodisasi qonuniyatlarining qishloq 
xo‘jaligidagi amaliy ahamiyati nimalardan iborat? Fikringizni 
asoslang.
9.2. LOYIHA ISHI.
O‘SIMLIKLARDA FOTOTROPIZM, FOTONASTIYA, 
GEOTROPIZM HODISALARINI KUZATISH
Maqsad:
o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fototropizm, fotonastiya, geotro-
pizm hodisalarini kuzatish va xulosa chiqarish. 
1. O‘simliklarda sodir bo‘ladigan fototropizm hodisasini kuzatish
O‘simliklarda musbat va manfiy tropizm hodisalari yuz beradi. O‘simlik 
organlarining ta’sir etuvchi omil tomon yo‘nalgan holda o‘sishi 
musbat
, omil-
ga nisbatan teskari yo‘nalishda o‘sishi esa 
manfiy 
tropizm orqali namoyon 
bo‘ladi. O‘simliklar hayotida tropizmlar muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Tropizm hodisasi 
sababli o‘simliklar atrof-muhitning o‘zgarishlariga mos lash gan holda o‘sadi va rivojlanadi.
Bizga kerak:
vegetatsiya davri qisqa bo‘lgan o‘simliklar (masalan, gultuvakda o‘stirilgan 
pomidor va boshqa o‘simliklar nihollari), elektr lampasi, termometr, fotoapparat.
Topshiriq
Xona o‘simliklaridagi foto-
tropizm hodisasini kuzating. 
Fikrlaringizni izohlang. 


126

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin