Xavfsizlik qoidalari:
1. Shisha plastinka, termostat bilan ishlaganda diqqat-e’tiboringizni boshqa narsaga qarat-
mang.
2. To‘g‘nag‘ich bilan ishlaganda o‘zingizni ehtiyot qiling.
Ishni bajarish tartibi:
1. Shisha plastinkani qog‘oz bilan o‘rang, 1–2 cm qalinlikdagi yoki 4–5 qavat karton qog‘oz
bo‘laklarini ip bilan bog‘lang.
2. Ildizi tik o‘sgan urug‘ni to‘g‘nag‘ich yordamida karton qog‘oz ustiga biriktirib qo‘ying.
3. Tayyorlangan urug‘ tagiga suv qo‘yilgan shisha banka joylashtirib, bankaning ustini oyna
bilan berkiting.
4. Normal harorat hosil qilish uchun urug‘ joylangan bankani termostatga qo‘ying. Urug‘dan
о‘sib chiqqan ildiz va poyaning uzunligi taxminan 5–10 mm ga yetgandan so‘ng, ildizni
yuqo riga, poyani esa pastga qaratib qo‘ying.
1
2
1
2
128
5. Oradan bir-ikki kun o‘tgach, yuz bergan o‘zgarishlarni aniqlang, ya’ni yerning tortish
kuchi yoki o‘simliklardagi qonuniyat bo‘yicha poya yuqoriga qarab, ildiz esa pastga qarab
o‘sganiga e’tibor bering.
6. Tajriba davomi va xulosasini daftarga yozib boring, rasmni chizib oling.
O‘simlikda geotropizm.
Muhokama qiling va xulosa chiqaring:
1. Geotropizm hodisasi fotonastiyaga qaysi jihatlari bilan o‘xshashini izohlab bering.
2. O‘tkazilgan tajribada ildizning o‘suvchi qismi teskari qilib qo‘yilgan bo‘lsa-da, uning past
-
ga qarab o‘sgani sababi nimada deb o‘ylaysiz?
3. Geotropizm hodisasi o‘simliklar hayoti uchun qanday ahamiyat kasb etishini misollar
asosida izohlab, xulosa qiling.
9.3. UMURTQASIZLARNING HARAKATLANISH ORGANLARI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
Hayvonlar uchun harakat
-
lanishning qanday ahamiyati bor? Hayvonlarda harakatlan
-
ish qanday amalga oshadi?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Harakatlanish –
tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan
biridir. Barcha tirik organizmlar kabi hayvonlar ham mun
-
tazam harakatda bo‘ladi. Hayvonlar o‘ziga oziq izlashi, bir joyidan boshqa bir joyga o‘tishi, o‘z
jufti va bolalarini topishi hamda xavf-xatardan saqlanishi uchun faol harakatda bo‘lishi zarur.
Hayvonlarning harakatlanish organlari turlicha tuzilgan. Bu ularning yashash muhitiga
bog‘liq.
Hayvonlarning harakatlanishi muskul tolalarining qisqarish xususiyati bilan bog‘liq.
Bo‘shliq ichlilar ektoderma qavati teri-muskul hujayralari, entoderma qavati hazm qiluvchi
hujayralaridagi muskul tolachalarining qisqarishi hisobiga harakatlanadi.
Yassi, to‘garak, halqali chuvalchanglarda epiteliy ostida halqasimon va bo‘ylama muskullar
rivojlangan.
9.10-rasm.
Planariyaning kiprikli epiteliy
hujayralari umumiy ko‘rinishi.
9.11-rasm.
Nereida harakat
organlarining umumiy ko‘rinishi.
Ektoderma • Entoderma
• Halqasimon muskul
• Bo‘ylama muskul •
Parapodiyalar • Reaktiv
harakat
|