Xavfsizlik qoidalari: 1. Qaychidan foydalanganda o‘zingiz va o‘rtoqlaringizga tegib, noxush holatlar kelib chiqi-
shidan ehtiyot bo‘ling.
2. Mikropreparatni yon chetlaridan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan ushlang.
3. Mikropreparatdagi obyekt ezilmasligi uchun mikroskop bilan ishlashda, ayniqsa, kichik
obyektividan kattasiga o‘tkazishda juda ehtiyot bo‘ling.
Ishni bajarish tartibi: 1. Tomizg‘ich yordamida tufelka infuzoriyasi oldindan tayyorlab qo‘yilgan pichan ivit
-
masidan 15–20 tomchi olib, buyum oynasiga tomizing.
2. Tufelka infuzoriyasining harakatini sekinlashtirish uchun tomchiga bir necha dona paxta
tolasi tashlang.
3. Tomchining ustini qoplag‘ich oyna bilan yo ping
va uning chetlaridagi suvni filtr qog‘oziga ehtiyotkor
-
lik bilan shimdirib oling.
4. Preparatni dastlab mikroskopning kichik obyek
-
tivida, so‘ng katta obyektivida kuzating.
5. Tufelka infuzoriyalarining organik zarracha
-
lar yoki paxta tolalari atrofida g‘uj bo‘lib to‘planish
xususiyatiga e’tibor bering.
6. Kiprikchalar bir me’yorda harakatlanib, tufelka
infuzoriyasi tanasi yaqinida, ayniqsa, uning og‘iz te
-
shigi atrofida suv oqimini hosil qilishini kuzating.
7. Mikroskopda tufelka infuzoriyasining kipriklari
yordamida harakatlanishiga e’tibor be ring.
Natija: tufelka infuzoriyalari kiprikchalarning
tebra nishi tufayli to‘mtoq tomoni bilan oldinga suzadi.
Muhokama qiling va xulosa chiqaring: 1. Tufelka infuzoriyasi o‘zining qaysi jihatlari bilan
boshqa sodda organizmlardan farq qi lishini misollar
asosida tushuntiring.
2. Nima sababdan ushbu tajribani o‘tkazish
jarayonida tayyorlanayotgan preparatga paxta tolasi
tashlanadi? Bu holatni izohlab bering.
3. Tufelka infuzoriyasining harakatlanishi boshqa
sodda organizmlardan qaysi jihatlari bilan farq
qilishini bayon eting.
Tufelka infuzoriyasini pichan
ivitmasida ko‘paytirish.