I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta


 UMURTQALILARNING TAYANCH-HARAKAT ORGANLARI



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

9.5. UMURTQALILARNING TAYANCH-HARAKAT ORGANLARI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
Baliq, baqa, kaltakesak, ilon, 
qush, ot, delfin va ko‘rshapalaklar qanday harakat qilishi
-
ni bilasizmi? Hayvonlar harakati nerv sistemasining qaysi 
bo‘limlari bilan boshqariladi?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ. 
Hayvonlarning harakatla nish organlari ularning ya-
shash muhiti bilan bog‘liq holda takomillashib borgan. Harakatlanish tufayli tirik organizmlar 
sayyoramizning turli joylari (atmosfera, gidrosfera, litosfera)da tarqalgan. Umurtqali hayvon
-
larning harakatlanishi tayanch-harakatlanish sistemalarining rivojlanish darajasiga bog‘liq. 
Tayanch-harakatlanish sistemasiga skelet va muskullar kiradi.
Lansetnikning muskullari ikki yon tomonida tana bo‘ylab uzun tasma shaklida joylashgan. 
Lansetnik juda oddiy harakatlanadi. Tanasini u yoki bu yonga egib suzib yuradi, ba’zan qumni 
yorib kirib oladi. Lansetnikning muskullari uchun xordasi tayanch vazifani ham bajaradi.
Baliqlar suv muhitida yashashga moslashgani sababli suzgichlari harakatlanish organi 
hi soblanadi. Baliqlarda toq (orqa, dum, anal) va juft (ko‘krak, qorin) suzgichlar rivojlangan 
(
9.19-rasm)
.
9.19-rasm. 
Baliqlarning harakatlanish organlari. 
1 – zog‘ora baliq; 2 – skat; 3 – strelyad; 4 – losos.
Suzgichlari yupqa teri pardadan va uni tutib turadigan suzgich yoylardan iborat. Dum suz-
gichi ikkiga ajralgan (zog‘ora, losos) bo‘lib, oldinga harakatlanishni ta’minlaydi. Dumining os
-
tida esa anal suzgichlari joylashgan
.
Baliqlarning
skeleti asosini tana bo‘ylab o‘tadigan umurtqa pog‘onasi tashkil etadi. Har 
bir umurtqa tana, bir juftdan ustki va ostki yoylardan iborat. Ustki qarama-qarshi yoylar-
ning o‘zaro tutashuvidan umurtqa nayi hosil bo‘ladi. Unda orqa miya joylashgan. Tana bo‘limi-
dagi umurtqalarga ikki yon tomondan qilichsimon qovurg‘alar kelib birikadi, ikkinchi uchi 
muskullar orasida erkin yotadi. Dum umurtqalarida qovurg‘alar bo‘lmaydi, lekin uzun qiltanoq 
su yakchalar joylashgan. Baliqlar umurtqa pog‘onasi bosh skeleti bilan harakatsiz birikkan. 
Bosh skeleti bosh miyani o‘rab turadigan miya qutisi, og‘iz bo‘shlig‘ini o‘rab turadigan jag‘lar, 
jabra rovoqlari va qopqoqlari suyaklaridan iborat. Skelet muskullarga tayanch hamda ichki 
organlar uchun himoya vazifasini bajaradi 
(
9.20-rasm)
.
9.20-rasm
. Suyakli baliqning skeleti: 
А – umumiy ko‘rinishi: 1 – jag‘i;
2 – miya qutisi; 3 – suzgich nurlari; 
4 – umurtqalar; 5 – kamar; 
6 – qovurg‘a; 7 – qorin suzgichi 
skeleti; 8 – ko‘krak suzgichi ske leti; 
9 – yelka kamari; 10 – jabra qopqog‘i. 
B – tana umurtqasi.
V – dum umurtqasi: 
1 – umurt qaning ustki o‘simtasi; 
2 – umurtqaning ustki yoyi; 
3 – umurtqaning yon o‘simtasi; 
4 – umurtqaning ostki yoyi.
Umurtqalilar • Suzgichlar 
• Skelet • Cherepitsa • Ilik 
suyagi • Dumg‘aza bezlari
4
2
1
3
1
2
3
10 9 8 7
6 5
3
B
A
1
4
2
3
4 V


133
1
14
13
8
9 10
11
8
7
6
5
3
4
2
12

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin