141
O‘simliklarning ko‘payishi.
O‘simliklarning jinssiz ko‘payishi spora orqali yoki vegetativ
organlar orqali amalga oshadi.
Sporalar o‘simliklarning maxsus organlari – sporangiylarda yetiladi. O‘simliklar olamida
vegetativ ko‘payish keng tarqalgan. O‘simliklardagi ko‘payishning bu usuli ularning vegetativ
organlari: novda va ildiz orqali amalga oshadi.
Gulli o‘simliklarning ko‘payishi.
Gulli o‘simliklarning jinssiz ko‘payishi vegetativ yo‘l
bilan, jinsiy ko‘payishi esa urug‘lanish orqali amalga oshadi. O‘simliklarning ildizi va novdasi
orqali ko‘payishi
vegetativ ko‘payish
deb ataladi.
Gulli o‘simliklarning jinsiy ko‘payishi
changlanish va urug‘lanish natijasida sodir bo‘ladi.
Gul changdonida yetilgan chang donalarini urug‘chi
tumshuqchasiga tushishi
changlanish
deyi ladi.
10.7-rasm.
Achitqi zamburug‘ining
kurtaklanib ko‘payishi.
10.8-rasm.
Mog‘or zamburug‘ining spora
orqali ko‘payishi.
O‘simliklarning ko‘payishi
qalamcha
barg
ildizpoya
tugunak
piyozbosh
ildiz
bachki
jingalak
payvand-
lash
spora hosil
qilish
jinssiz
jinsiy
Vegetativ organlari
gametalarning
qo‘shilishi –
urug‘lanish
Changlanish
o‘z-o‘zidan
chetdan
Changchi
va urug‘chi bir
vaqtda yetila-
digan o‘sim-
liklarda
Changchi
va urug‘chi har
xil vaqtda yetila-
digan o‘sim-
liklarda
Shamol orqali changlanadigan o‘sim
-
liklarning gullari mayda, hidsiz,
ko‘rimsiz, chang donachalari yengil
bo‘ladi.
Hasharotlar yordamida changlanadi
-
gan o‘simliklarning gullari chiroyli,
xushbo‘y hidli, nektarli bo‘ladi.
sporalar
sporangiy