143
10.2. LOYIHA ISHI.
O‘SIMLIKLARNING VEGETATIV KO‘PAYISHINI O‘RGANISH
Maqsad:
o‘simliklarning vegetativ organlar orqali ko‘payishini o‘rganish.
Vegetativ ko‘payish
o‘simliklarning vegetativ organlari: novda va ildiz
orqali amalga oshadi.
Yovvoyi tabiatda sodir bo‘lib turadigan yer ko‘chkilari,
suv toshqinlari
natijasida millionlab daraxt va butalar nobud bo‘ladi.
Ularning tuproq osti
-
da qolgan novdalaridagi kurtaklardan yangi o‘simliklar rivojlanadi. Ko‘p yillik
o‘tlar shakli o‘zgargan yerosti novdalari orqali ko‘payadi. Yovvoyi o‘simliklar
ana shu tariqa
vegetativ usulda ko‘payib, tabiatda o‘z turini saqlab qoladi.
Tez
va yuqori hosil olish, sifatli navlarni saqlab qolish hamda ko‘paytirish
maqsadida
madaniy o‘simliklar vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladi. Insonlar qishloq xo‘jaligida
madaniy
o‘simliklarni ko‘paytirishning quyidagi usullaridan foydalanadi.
Ayrim o‘simliklarning, masalan, binaf-
shaning bargi qo‘shimcha
ildiz hosil qilish
xususiyatiga ega.
Olcha, malina, olxo‘ri, na’matak kabi
o‘simliklarning ildizlarida hosil bo‘ladigan
qo‘shimcha kurtaklardan yangi o‘simlik –
ildiz bachkilar rivojlanadi.
Qulupnayning jingalaklarida hosil bo‘ladigan
kurtaklardan yosh o‘simlik rivojlanadi.
Qoraqat, atirgul, tol, terak kabi o‘sim
-
liklarning yetilgan novdalaridan 25–30 cm
lik qalamchalar kesib olinadi.
Ular erta
bahorda unumdor tuproqqa ekiladi. Qalam-
chalardan qo‘shimcha ildiz o‘sib chiqib,
yangi o‘simlik rivojlanadi.
Kartoshka, topinambur kabi o‘simliklar
tugunaklari yordamida ko‘paytiriladi.
Lola, nargis, boychechak kabi o‘simliklar
piyozboshlari orqali ko‘payadi.
144
Yalpiz,
shirinmiya, qamish kabi o‘simliklar-
ning ildiz
poyasidagi kurtaklaridan yangi
o‘simlik rivoj lanadi.
Shakli o‘zgargan yerosti novdalar (piyoz-
bosh, tugunak va ildizpoya) o‘simlikning
vege tativ ko‘payishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: