+ + = = Sun’iy changlatish. Agar o‘simlikning guli odamlar tomonidan changlantirilsa,
sun’iy changlatish deyiladi. Sun’iy changlatishda o‘simlikning yetilgan changi yig‘ib olinib, shu yoki
boshqa o‘simlikning yetilgan guli tumshuqchasiga o‘tkaziladi. Sun’iy changlatish usulidan
hosildorlikni oshirishda va asosan yangi navlarni yaratishda foydalaniladi.
Chang donasi
vegetativ va generativ hujayralardan tashkil topgan. Vegetativ hujayra o‘sib,
chang naychasini hosil qiladi. Generativ hujayra bo‘linib, ikkita spermiy hosil qiladi. Sper-
miylar chang naychasi orqali tugunchadagi urug‘kurtakka yetib boradi. Ularning biri tuxum
hujayra bilan qo‘shilib, zigota hosil qiladi, undan
murtak rivojlanadi. Ikkinchi spermiy marka-
ziy hujayra bilan qo‘shiladi, undan
endosperm rivojlanadi. Changchi va urug‘chi jinsiy hujay
-
ralarining shu tarzda qo‘shilishi
qo‘sh urug‘lanish deyiladi.
Urug‘lanishdan so‘ng urug‘chi tugunchasi va gulning boshqa qismlaridan meva eti, urug‘kur
-
takdan esa urug‘ hosil bo‘ladi
( 10.9-rasm) .
XULOSA CHIQARAMIZ •
Organizmlar yer yuzida o‘z turini saqlab qolishi uchun ko‘payish muhimdir.
•
Ko‘payish jarayonida irsiy ma’lumot gen va xromosomalar orqali avlodlarga uzatiladi.
•
Jinssiz ko‘payish qisqa muddatda tez nasl qoldirishni ta’minlaydi.
•
Jinsiy ko‘payishda gametalar qo‘shilib, ota va ona genlari aralashishi natijasida yanada ya -
shov chan, moslashuvchan avlod tug‘iladi.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ Bilish va tushunish 1. Irsiyatning moddiy asosini nimalar tashkil etadi?
2. Jinssiz ko‘payishning mohiyati nimadan iborat?
3. Jinsiy ko‘payish qanday biologik ahamiyatga ega?
4. Gulli o‘simliklarning jinsiy ko‘payishi qanday amalga oshadi?
5. Urug‘lanish qanday sodir bo‘ladi?