Nukus innovatsion instituti



Yüklə 83,67 Kb.
səhifə1/5
tarix14.06.2023
ölçüsü83,67 Kb.
#129913
  1   2   3   4   5
Islam,Anvar, malumotlar bazasi




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
NUKUS INNOVATSION INSTITUTI



IT DASTURIY INJINERING fakulteti sirtqi bo’limi
___________________________________________fanidan

MUSTAQIL ISH


MAVZU: _______________________________________


_______________________________________
Bajargan:_____________________________________________
Qabul qilgan:__________________________________________
Gurux raqami «___»

R E J A:



  1. MySql ga kirish.

  2. MOBT.

  3. Ma`lumotlar ombori kontceptciyalari Fayllarni boshqarish tizimlari.

  4. Tarmoqli ma`lumotlar ombori.


  5. MySql MOBT ning texnik imkoniyatlari.
  6. Windows da ma`lumotlar omborini yaratish.



MySql ga kirish.


Hozirgi kunda ma`lumotlar ombori haqida tez-tez gapirilmoqda. Kompyuterlar zamonaviy jamiyatning ajralmas qismini tashkil qiladi, shu sababli quyidagiga o’xshash iboralarni ko’p eshitish mumkin «Men yozuvlaringni ma`lumotlar omboridan qidirib ko’raman». Bu erda hujjatlar saqlanadigan katta qutilar emas, balki ma`lumotlarni tezkor qidirishga mo’ljallangan kompyuter tizimlari nazarda tutiladi.
Kompyuterlar hayotimizga chuqurroq kirib bormoqda, chunki ularni tez takrorlanadigan operatciyalarni bajarish yoki kompyuterning hisoblash tezligi va ma`lumot tashish sig’imisiz echib bo’lmaydigan masalalarning echimini topishga dasturlash mumkin. Ma`lumotni qog’ozga joylashtirish va qog’ozlarni jild va kartotekalarda saqlash sxemasini ishlab chiqish – aniq ishlangan jarayon bo’lsada, qattiq diskdagi elektron hujjatlar jildlarining ko’chirilishi mumkinligi ko’pchilikka ma`qul keldi.
Ma`lumotlar omborining funktciyalaridan biri ma`lumotni tartiblash va indeksatciya qilish hisoblanadi. Bu kutubxona kartotekasi singari, faqat kerakli yozuvni topish uchun arxivning yarmini ko’rib chiqish shart emas. hammasi ancha tez bajariladi.
Barcha ma`lumotlar ombori ham bir xil printcip asosida yaratilmaydi, lekin an`anaviy tarzda ularda yozuvlar ko’rinishida ma`lumotlarni tashkil kilish g’oyasi qo’llaniladi. Har bir yozuv belgilangan maydonlar to’plamiga ega. Yozuvlar jadvalga joylashtiriladi, jadvallar yig’indisi esa ma`lumotlar omborini tashkil qiladi.
Ma`lumotlar ombori bilan ishlaganda MOBT (ma`lumotlar omborini boshqarish tizimlari), ya`ni ma`lumotlarga kirish bilan bog’liq barcha ishlarni o’z zimmasiga oluvchi dastur zarur. Unda jadvallar yaratishga imkon beruvchi buyruqlar mavjud, jadvallarga yozuvlar kiritish, qidirish va hatto yozuvlarni o’chirishi xam mumkin.
MySql – bu tezkor, ishonchli, ochiq tarqatiladigan MOBT hisoblanadi. MySql boshqa ko’pchilik MOBT lar singari, «mijoz/server» modeli asosida ishlaydi. Bunda kompyuterlar mijoz yoki server rolini o’ynaydigan tarmoqli arxitektura tushuniladi. 1.1 rasmda mijoz kompyuteri va serverning qattiq diski o’rtasida ma`lumot uzatish sxemasi ko’rsatilgan.
"Mijoz/server" arxitekturasida ma`lumotlarni uzatish sxemasi.
MOBT bir yoki bir nechta ma`lumotlar omborini boshqaradi. Ma`lumotlar ombori ko’plik shaklida tashkil qilingan axborot yig’indisidir. Har bir ko’plik o’zida unifitcirlangan yozuvni saqlaydi. Yozuvlar esa maydonlardan tashkil topgan. Odatda ko’pliklar jadvallar deb yuritiladi, yozuvlar esa – jadval satrlari.
Ma`lumotlarning mantiqiy modeli shunday tashkili qilingan. Barcha ma`lumotlar ombori qattiq diskda bitta faylda saqlanishi mumkin. MySql da har bir ma`lumotlar ombori uchun alohida katalog yaratiladi, har jadvalga esa uchta fayl to’g’ri keladi. Boshqa MOBT larda ma`lumotlarni jismoniy saqlashning boshqacha printciplari qo’llanilishi mumkin.
Jadval satrlari o’zaro quyidagi uch usuldan biri bilan bog’lanishi mumkin.Eng oddiy munosabat – ―birga bir‖. Bunday holda birinchi jadval satri ikkinchi jadvalning bitta yagona satriga mos keladi. Diagrammalarda bunday munosabat 1:1 yozuvi bilan ifodalanadi.
Ko’pga bir munosabati bir jadvalning satri boshqa jadvalning bir nechta satriga mos keluvchi vaziyatni anglatadi. Bu munosabatlarning eng ko’p tarqalgan turidir. Diagrammalarda 1:N yozuvi bilan ifodalanadi.
Nihoyat, ―ko’plikka ko’plik‖ munosabatida birinchi jadval satrlari ikkinchi jadvaldagi ixtiyoriy sonli satrlari bilan bohlanishi mumkin. Bunday munosabat N:M ko’rinishida yoziladi.

Yüklə 83,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin