I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Sutemizuvchilarning
harakatlanish organlari turlarga qarab har xil tuzilgan. Ularning 
oyoq lari odatda ancha baquvvat va uzun bo‘lib, tanasi ostida joylashgan. Shuning uchun 
ular ning tanasi yerdan dast ko‘tarilib turadi. Sutemizuvchilarning barmoqlari uchida muguz 
tirnoq lari yoki tuyoqlari bo‘ladi. Aksariyat turlarda to‘rtta oyoq bilan (it, bo‘ri, qoramol, jirafa, 
ot); ba’zilari ikki oyoqlab (kenguru, odam), ba’zilari esa qanotlar (ko‘rshapalaklar) orqali hara-
katlanadi 
(9.26-rasm)

9.26-rasm
. Sutemizuvchilar sinfi vakillarida harakatlanish organlari. 
1 – it; 2 – kenguru; 3 – qorabayir oti; 4 – delfin.
1 – pastki jag‘; 2 – ustki jag‘; 3 – miya qutisi; 
4 – umurtqaning bo‘yin qismi; 5 – yelka; 
6 – bilak; 7 – tirsak suya gi; 8 – barmoq lar; 
9 – kurak; 10 – qovurg‘a; 11 – murakkab 
dumg‘aza; 12 – umurtqa pog ‘onasining 
dum qismi; 13 – dum suyagi; 14–son; 
15–boldir; 16 – ilik suyagi; 17 – barmoq lar; 
18–to‘sh; 19 – ko‘krak toj suyagi; 20 – ko
-
rakoid; 21 – o‘mrov suyagi.
9.25-rasm
. Kaptar skeleti.
4
2
1
3
2
1
3
7
8
12
11
10
9
6
4
21
20
19
18
15
14
16
17


136
Dengizlarda yashovchi kurakoyoqlilar – bo‘yni kalta, oldingi oyoqlari suzgich kurakka aylan
-
gan yirik hayvonlar hisoblanadi. Ular ko‘p vaqtini suvda o‘tkazadi, faqat dam olish va ko‘payish 
uchun quruqlikka chiqadi (tyulen, morj, dengiz mushugi). Kitsimonlar esa batamom suvda 
yashashga o‘tgan sutemizuvchilar, ular hech qachon quruqlikka chiqmaydi, suvda bolalay di. 
Tuzilishi suvda yashash ta’sirida yanada ko‘proq o‘zgargan (delfin, kashalot, kasatkalar). Ular 
dumi va oldingi suzgichlari yordamida suzadi, keyingi suzgichlari bo‘lmaydi.
Sutemizuvchilar skeleti bosh, umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi, oldingi va orqa oyoqlar 
hamda ularning kamarlari skeletlaridan iborat 
(
9.27-rasm)
.
Bosh miyasi ancha kuchli rivojlan
-
gani tufayli miya qutisi ham boshqa umurtqali hayvonlarnikiga nisbatan yirik bo‘ladi. Umurtqa 
pog‘onasi bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza va dum bo‘limlariga ajratiladi. Sutemizuvchilar oldingi 
oyoq kamari skeleti ikkita kurak va unga qo‘shilib o‘sgan ko‘krak tirgak suyagi hamda ikkita 
o‘mrov suyagidan iborat. Itning o‘mrov suyagi rivojlanmagan. Orqa oyoq kamari, ya’ni chanoq 
3 juft suyakdan iborat. Oldingi oyoqning erkin suyaklari: yelka, bilak, tirsak va panja suyakla-
ri dan iborat. Orqa oyoqning erkin suyaklariga son, boldir va panja suyaklari kiradi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin