127
4. Nazariy bilimlaringiz asosida 1- va 2-ishdagi rasmlarni sinchiklab o‘rganing, fototropizm
va fotonastiya hodisalarining o‘xshash hamda farqli tomonlarini bayon eting.
5. Tajriba davomida o‘simliklarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni quyidagi jadvalga mos
qilib yozib boring.
O‘simliklarda fotonastiya
Muhokama qiling va xulosa chiqaring.
1. Barcha o‘simliklarda fotanastiya hodisasi bir xil kechganmi? Fikringizni izohlang.
2. Fototropizm bilan fotonastiyani umumlashtiruvchi qanday jihatlarini bilib oldingiz?
3. Fotonastiya hodisasi asosida o‘simlik organlarida ro‘y beradigan jarayonlarni misollar
asosida izohlang, so‘ng xulosa chiqaring.
O‘simlik turlari nomi
Kuzatiladigan vaqt oralig‘i
Ertalabki soat 5:00 dan
8:00 gacha
Tushki 12:00 dan
14:00 gacha
Kechki soat 17:00 dan
21:00 gacha
Lola yoki qoqio‘t
Namozshomgul
3. O‘simlik ildizidagi geotropizm harakatini o‘rganish
O‘simliklarning tortishish kuchiga javoban o‘sishi
geotropizm
deb ataladi. Geotropizm
o‘simliklar hayoti uchun juda muhimdir, chunki u ildiz o‘sishini tortishish kuchiga yo‘naltiradi
va qarama-qarshi yo‘nalishda o‘sishni ta’minlaydi. O‘simlikning ildizi va kurtaklari tizimining
tortishish kuchiga yo‘nalishini ko‘chatdagi unib chiqish bosqichlarida kuzatish mumkin.
Bizga kerak:
g‘o‘za chigiti, loviya yoki boshqa o‘simlikning urug‘li maysasi, shisha plastin
-
ka, karton qog‘oz, ip, chizg‘ich, to‘g‘nag‘ich, 1–2 l li banka, suv, termostat.
Dostları ilə paylaş: