122
IX BOB
HARAKATLANISH
9.1. TIRIK ORGANIZMLARNING HARAKATLANISHI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
Harakatlanish – tirik orga-
nizmlarga xos xususiyat. Tirik orga nizmlar nima uchun ha-
rakatlanadi? O‘simliklar ham harakat qiladimi?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Taksis, tropizm,
nastiya.
Harakatlanish tirik orga nizmlar uchun xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biridir.
Barcha tirik organizmlar muntazam ha rakatda bo‘ladi. O‘simliklar passiv,
hayvonlar esa faol
harakat qiladi. Hayvonlar o‘ziga oziq topish va xavf-xatardan saqlanishi uchun faol harakatda
bo‘lishi zarur. Atrof-muhit sharoiti o‘zgarganda hayvonlar bir joydan
ikkinchi joyga faol ha-
rakat qilish orqali ko‘chib o‘tadilar.
Erkin harakatlana oladigan, masalan, bakteriyalar, bir hujayrali sodda organizmlar, hatto
o‘simliklarning jinsiy hujayralari ham tashqi omillar (yorug‘lik, kimyoviy moddalar, kislorod)
ta’sirida harakatlanishi
taksis
deyiladi. Tashqi omillar turiga ko‘ra taksislar turlicha bo‘ladi.
Yashil evglena, xlamidomonada kabi organizmlar xivchinlari yordamida yorug‘lik
tomon
ha rakat qilishi
fototaksis
deyiladi
(9.1-rasm)
.
9.1-rasm.
Protoktistalarda fototaksis.
Agar organizmlar ta’sir ko‘rsatayotgan omil tomonga harakatlansa,
musbat taksis
(xlami-
domonada), aksincha, omil ta’siridan uzoqlashsa,
manfiy taksis
(oddiy amyoba) deb ataladi.
Sodda organizmlarning kimyoviy moddalar ta’sirida harakatlanishi esa
xemotaksis
deyiladi
(9.2-rasm)
. Oddiy amyoba solingan suvga osh tuzining kristallaridan biroz tashlansa, u barcha
soxta
oyoqlarini tortib olib, sharsimon shaklga kiradi. Bu hodisa oddiy amyobaning ta’sirla-
nishini ko‘rsatadi.
O‘simlik tropizmlari •
Fototaksis • Fototropizm •
Geotropizm • Tigmotropizm
Buyum oynasi
Suv
123
9.2-rasm.
Oddiy amyobaning osh tuzidan ta’sirlanishi.
Bir hujayrali protoktistalar sitoplazma oqimi orqali paydo bo‘ladigan o‘simtalar (amyo
-
balar), bir yoki bir nechta xivchinlar (evglenalar) va kiprikchalar (infuzoriyalar)
yordamida
harakatlanadi
(9.3-rasm)
.
9.3-rasm.
Protoktistalarning harakatlanish organoidlari.
1 – oddiy amyoba; 2 – yashil evglena; 3 – tufelka infuzoriyasi.
Sporalilarning vakillari parazitlik qilib hayot kechirishi tufayli
harakatlanish organoidlari
yo‘qolib ketgan.
Dostları ilə paylaş: