I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

8.3. AMALIY MASHG‘ULOT. 
ODAMNING AYIRISH ORGANLARINI MODELLASHTIRISH
Maqsad: 
odamning ayirish organlari tuzilishini modellashtirish orqali 
o‘rganish.
Odamning siydik ayirish sistemasi bir juft buyraklar, ulardan boshlanuvchi 
siydik yo‘llari, qovuq hamda siydik chiqarish kanalidan
iborat. Qondagi mod-
dalar almashinuvi qoldiqlari buyraklarda filtrlanadi va siydik yo‘llari orqali 
o‘tib qovuqda to‘planadi, so‘ng siydik chiqarish kanalidan o‘tib, maxsus te
-
shik orqali tashqariga chiqariladi. Hayvonlarni siydik ayirish sistemasini modellashtirish orqa
-
li o‘rganish mumkin.
Bizga kerak:
karton va rangli qog‘oz, chizg‘ich, yelim, qaychi, plastmassa pichoqcha, po‘kak.
Xavfsizlik qoidalari: 
1. Plastmassa pichoqcha, qaychi va egiluvchan sim bilan ishlaganda ehtiyot bo‘ling.
2. Rangli bo‘yoqlardan foydalanganda ust-boshingizga rang tegmasin.
Ishning borish tartibi:
1. Po‘kakdan uzunligi 10 cm, eni 5 cm, qalinligi 1 cm ga teng bo‘lakni oling. Po‘kakka loviya 
shaklidagi o‘ng va chap buyraklar, buyragusti bezi shaklini chizing hamda qirqib, dastlabki 
buyrak namunasini tayyorlang.
2. Qontomirlarni yasash uchun uzunligi 15 cm, eni 15 cm bo‘lgan po‘kakka pastki qismi 
ikkiga ayrilgan qontomirlar rasmini chizing va uni qirqing. Qontomirlarning biri ikkinchisi-
ning bir tarmog‘i bilan kesishgani sababli bir tarmoq kesiladi, so‘ng yelim bilan joylashtiriladi.
3. Po‘kakdan uzunligi 12 cm, eni 9 cm, qalinligi 1 cm bo‘lgan qismini qo‘lingizga oling va 
siydik pufagining rasmini chizing. Siydik pufagi shakli saqlangan qismini qirqib oling. 
4. Siydik pufagining o‘rta qismini kosasimon qilib qirqing. So‘ng siydik chiqarish kanalini 
hosil qiling.
5. Qolgan po‘kakdan ikkita siydik chiqarish kanalini qirqib oling. 
6. To‘rtta egiluvchan simga qog‘ozni bir necha qavat qilib o‘rab, yopishtirib qo‘ying. Undan 
har bir buyrakka kiruvchi va chiquvchi arteriya va vena qontomirlari sifatida foydalaning.
7. Shundan so‘ng har bir siydik ayirish organini namunada berilgan ranglarga mos holda 
rangli bo‘yoqlar bilan bo‘yang. 
8. Har bir buyrakka kiruvchi arteriya va vena qontomirlarini namunadagidek qilib o‘rna-
ting.
9. Siydik yo‘llarini buyraklar va siydik pufagi bilan birlashtiring.
10. Hosil bo‘lgan modelni biror qattiq kartonga joylashtiring. 

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin