I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Oltingugurt.
O‘simliklarda oltingugurt aminokislotalar va oqsillar tarkibiga kiradi. Oltingu
-
gurtni o‘simlik tuproqdagi chirindi va minerallar tarkibidan qabul qiladi. O‘simliklarda oltin
-
gugurt yetishmasligining belgilari: xlorofill yemiriladi, xloroplastlarda sintez buzilib, o‘simlik-
ning o‘sishi sekinlashadi.
Kaliy.
O‘simliklarda suvning yutilishi va uning transporti, hujayralarining turgor holati 
va fotosintez jarayoni kaliy ionlariga bog‘liq. Kaliy yetishmaganda to‘qimalarda natriy, kalsiy, 
magniy, ammiak va fosfat tuzlari to‘planishi ortadi. So‘ng o‘simlik barglari sarg‘ayadi va qu riydi. 
Kurtaklar nobud bo‘ladi. 
Bor – poya uchlari sarg‘aygan va barglar 
burishadi, o‘sish konusi nobud bo‘ladi
Oltingugurt – barglar oldin 
oqarib, so‘ng sarg‘ayadi
Marganes – barglar plastinkasida sariq 
dog‘lar paydo bo‘ladi, barg tomirlari yashil-
likni saqlab qoladi
Rux – barglar sarg‘ayadi, ularda 
qora dog‘lar paydo bo‘ladi 
Magniy – barglar sarg‘ayadi, quriydi 
va to‘kiladi
Fosfor – barglar to‘q qizil rangga kira
-
di, ular buraladi va to‘kiladi 
Kalsiy – yosh barglar bujmayadi, ularda bur-
malar hosil bo‘ladi va to‘kiladi
Temir – yosh barglarda oq dog‘lar 
paydo bo‘ladi va to‘kiladi
Mis – barglarda oq dog‘lar paydo 
bo‘ladi, ular buraladi va so‘liydi 
Molibden – barg markazlarida 
yashil dog‘lar, chetlarida esa sariq 
dog‘lar paydo bo‘ladi
Kaliy – barglar oldin sariq, so‘ng 
to‘q qizil rangga kiradi
Azot – barglar maydalashadi va 
sarg‘ayadi, kurtaklar to‘kiladi
5.4-rasm.
Minerallarning yetishmasligi natijasida o‘simlikda bo‘ladigan o‘zgarishlar. 


80
Kalsiy.
O‘simlik hujayrasining bo‘linishida, 
mikronaychalar hosil bo‘lishida qatnashadi.
Kalsiyning yetishmasligi birinchi navbatda 
yosh meristema to‘qimalarining shakllanishi
-
ga va ildiz faoliyatiga ta’sir qiladi. Ildizlar va 
yonildizlarning hosil bo‘lishi sekinlashadi, ildiz 
chiriydi, barglarning qirralari avval oqaradi
keyin qorayadi, barg plastinkasi bujmayadi va 
mevalarda qizg‘ish dog‘lar paydo bo‘ladi.
O‘simliklar suvda erigan mineral moddalarni 
tuproqdan ildiz tukchalari orqali shimib oladi 
(5.5-rasm)
.
Suv va unda erigan mineral moddalar ildiz 
bosim kuchi ostida dastlab ildiz tukchalariga
ulardan ildiz naychalariga sizib o‘tadi, so‘ng 
poyaga, va nihoyat, barg tomirlaridagi naychalar 
orqali barglarga o‘tadi. 
O‘simliklar yaxshi o‘sishi, mo‘l hosil berishi 
va uzoq yil yashashida minerallarning ahamiyati katta. O‘simliklarning minerallarga bo‘lgan 
ehtiyojini qondirish uchun o‘g‘itlardan foyda laniladi. Mineral o‘gitlarga azotli, fosforli va kaliyli 
o‘g‘itlar misol bo‘ladi. Azotli o‘g‘itlar o‘simliklarning o‘sishini tezlashtiradi, fosforli va kaliyli 
o‘g‘itlar ekin mo‘l hosil berishi va uning tez pishib yetilishiga yordam beradi.
Organik o‘g‘itlarga biogumus, go‘ng, qush axlati, yog‘och qirindisi, suyak uni misol bo‘ladi. 
O‘simliklardagi mineral oziqlanish jarayoni barglarda organik moddalar sintez bo‘lish ja
-
rayoni bilan uzviy bog‘liq. 
Yashil o‘simliklar fotosintez jarayonida yorug‘lik energiyasidan foydalanib organik mod-
dalar hosil qiladi. Fotosintez jarayoni uchun suv va karbonat angidrid zarur. O‘simlik suvni 
ildiz tukchalari, karbonat angidridni esa barg og‘izchalari orqali qabul qiladi. Natijada dastlab 
shakar hosil bo‘ladi 
(5.6-rasm)
.
5.6-rasm.
 
O‘simliklarda fotosintez jarayoni
Shakar o‘simlik to‘qimalarida kraxmal, kletchatkaga aylanadi yoki oqsillar, yog‘lar, vita
-
minlar yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Ushbu moddalar o‘simlik hujayralari va to‘qimalarining 
quyosh
barg hujayralari orqali 
quyosh nuri va karbonat 
angidridning o‘zlashtirilishi
karbonat 
angidrid
o‘simlik 
hujayrasi
suvning ildiz 
orqali o‘zlashtirilishi
suv
xloroplast
kislorod
vodorod
karbonat 
angidrid
uglevodlar
kislorod
kislorodning 
atmosferaga 
chiqarilishi
o‘tkazuvchi sistema
5.5-rasm.
 
Ildizning so‘ruvchi zonasi
ildiz 
tukchasi 


81
qurilishiga sarflanadi yoki oziq zanjiri orqali geterotrof organizmlarga o‘tadi. Fotosintez jara-
yonida atmosferaga ajralib chiqqan erkin kislorod aerob organizmlarning nafas olishi uchun 
sarflanadi. O‘simlik nafas olishi jarayonida organik moddalar suv va karbonat angidridgacha 
parchalanadi. Natijada o‘simlikning hayotiy faoliyati uchun zarur energiya ajraladi. O‘simliklar 
fotosintez qilish hisobiga bir yil davomida Yer yuzida o‘rtacha 100–115 mlrd tonna uglerodni 
biomassaga aylantirib beradi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin