I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Xavfsizlik qoidalari: 
Spirt lampasi bilan ishlashda ehtiyot bo‘ling.
Ishni bajarish tartibi:
1. Yorongulni 2–3 kun qorong‘i joy (shkaf)da saqlang.
2. Qora qog‘ozga shakl yoki harf chizib kesib oling.
3. Yorongul bargini qora qog‘oz bilan yoping va qistirgich bilan mahkamlang. O‘simlikni 
yorug‘ joyga qo‘ying.
4. Ikki kundan so‘ng bargni kesib oling, qora qog‘ozni olib tashlang.
5. Bargni dastlab issiq suvga, keyin spirtga soling.
6. Spirtli idishni suv hammomiga qo‘ying.
7. Qaynoq spirtda barg rangsizlanadi. Spirt yashil rangga kiradi.
8. Rangsizlangan bargni suvga chayib oling.
9. Petri idishidagi yod eritmasiga rangsizlangan bargni soling.
10. Bargning qora qog‘oz yopilgan qismi sarg‘ish, qora qog‘oz yopilmagan qismi esa ko‘k 
rangga kirganini kuzating.


83
Natija:
bargning qog‘oz bilan yopilgan 
qismi oqish, qog‘oz yopilmagan qismi esa 
ko‘k rangga kiradi.
Muhokama qiling va xulosa chiqa-
ring: 
1. Organik modda o‘simlikning qaysi 
to‘qimalarida hosil bo‘ladi? 
2. Fotosintez jarayoni uchun qanday 
omillar zarur?
3. Nima sababdan bargning qora qog‘oz 
bilan yopilgan qismi sarg‘ish rangga kira
-
di?
5.4. HAYVONLARNING OZIQLANISHI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
Hayvonlar harakatlanishi uchun energiyani qanday qabul qilishi 
haqida sinfdoshlari ngiz bilan fikr almashing.
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Tirik organizmlar 
hayoti uchun zarur bo‘lgan moddalar va energiyani oziqla-
nish orqali oladi. Oziqlanish orqali organizmlar tashqi muhit 
bilan aloqada bo‘ladi. Barcha tirik orga nizmlarning avtotrof, 
geterotrof usulda oziqlanishi oldingi mavzulardan sizga ma’lum.
Barcha hayvonlar asosan geterotrof usulda oziqlanadigan orga nizmlar hisoblanadi. 
Getetrof 
organizmlar oziq tarkibida organik modda (oqsil, uglevod, lipid, vitamin)lar bilan bir qator
-
da suv va minerallarni ham qabul qiladi. Minerallar fermentlar va gormonlar tarkibiga kira
-
di. Kislorod transportini ta’minlaydi, qon va to‘qima suyuqligida osmotik bosimni ta’minlay
-
di. 
Ko‘pgina hayvonlar faqat o‘simliklarni iste’mol qiladi va ular 

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin