I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

XULOSA CHIQARAMIZ

Barcha tirik organizmlar kabi hayvonlar ham oziqlanadi. Hayvonlar geterotrof usulda 
oziqlanadi. Oziqlanish orqali tashqi muhit va boshqa organizmlar bilan bog‘lanadi hamda 
moddalarning davriy aylanishida ishtirok etadi.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ
Bilish va tushunish
1. O‘txo‘r hayvonlarni moddalarning davriy aylanishidagi o‘rni nimadan iborat?
2. Hayvonlarda minerallar yetishmovchiligi nimalarga sabab bo‘ladi?
3. Parazit hayvonlardagi moslanishlarni aytib bering.
4. Qushlar va sutemizuvchilarning ovqat hazm qilish organlarida qanday moslanishlar paydo 
bo‘lgan?
Qo‘llash
. Hayvonlarning ko‘payishi oziqlanish bilan bog‘liqligini qushlar misolida tushuntiring.
Tahlil
. Hayvonlarning suvga bo‘lgan talabi ularning yashash muhitlari bilan bo‘g‘liqligini qanday 
izohlaysiz?
Sintez
. Quruqlik hayvonlarining ko‘pchiligi, ayniqsa, 
go‘shtxo‘rlar turli minerallarni oziq va suv bilan birga kerakli 
miqdorda osongina topa oladi. Lekin o‘txo‘rlar vaqti-vaqti bilan 
minerallarga muhtoj bo‘lishadi. O‘ylab ko‘ring-chi, ular tuzga 
bo‘lgan talabini qanday qondiradi?
Baholash
. Mutaxassislarning fikricha, hayvonlarda organizm-
ning ichki osmotik bosimini boshqarish xususiyati ularga kuchli 
sho‘rlangan va noqulay suvlarda ham ma’lum vaqt yashashga im
-
koniyat beradi. Siz bu fikrni qanday izohlaysiz?
5.5. ODAMNING OVQAT HAZM QILISH SISTEMASI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
Siz iste’mol qilayotgan 
ovqatingiz tarkibiga ahamiyat bera sizmi?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Odamda ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, 
qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka ichak, yo‘g‘on ichak va 
to‘g‘ri ichakdan iborat. Ovqat hazm qilish sistemasi odam 
iste’mol qilgan oziq moddalarni parchalab, ularning hujayralar tomonidan oʻzlashtirilishini 
taʼminlaydi. Oziq moddala rining tishlar yordamida maydalanishi, ichakda fermentlar ta’sirida 
parchalanishi va ichak devori orqali qonga so‘rilishi 

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin