Moliya bozorining mamalakat iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni sh. U. Mamamayusupova



Yüklə 39,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü39,46 Kb.
#191512
  1   2   3
Moliya bozori Konferensiya to\'plam 05.04.2023-56-58



55 
MOLIYA BOZORINING MAMALAKAT IQTISODIY TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI
 
 
Sh.U. Mamamayusupova - 
Ilmiy rahbar: : Burhanov A.U. 
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 
 
Qimmatli qog‘ozlar bozori bozor 
munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Jamiyat 
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi qimmatli qog‘ozlar bozoriga bo‘lgan munosabatning 
qayta ko‘rib chiqilishini talab qilayotgan kunda ushbu sohaning dolzarbligi oshmoqda, chunki 
aynan qimmatli q
og‘ozlar ko‘p jihatdan qiymatni qaytish harakatining samaradorligini 
oshirish, mulkchilik shaklining o‘zgarishi, uni xususiy egalikka topshirish muammolarini 
yechishning kaliti hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda mazkur sohada alohida jiddiy ilmiy 
ishlanmalar va tadqiqotlaming mavjud emasligi sababli ayrim masala va atamalami 
tushuntirishda turli qarashlar bilan bog‘liq qator muarnmolarga duch kelinmoqda. Asosan 
mamlakatlarda iqtisodiy muammolarini yechishning yagona, umumiy tamoyillari mavjud 
bo‘lishiga qaramay, fond bozori faoliyat ko‘rsatishining turli modellari va uni tartibga 
solishning har xil maktablari mavjud hisoblanadi.
Ushbu modellar mamlakat iqtisodiy taraqqiyot sohasiga maksimal darajada hissa qo‘sha 
oladi. Bugungi kunda iqtisodiyotda qimmatli q
og‘ozlar bozori juda muhim o‘rin egallaydi. 
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirish uchun samarali iqtisodiy siyosat yurgizish 
bilan bir vaqtda, moliyaviy soxada institutional islohotlar o‘tkazilishi lozimligi ham ayni 
haqiqatdir. Mustahkam moliyaviy tizimga ega mamlakatlar iqtisodiy xatarlarga bardoshli 
bo‘ladilar
45
.Bugungi kundagi globallashuv sharotida fond bozorlari iqtisodiyatning asosiy 
tarmog‘i bo‘lib kelmoqda. Bundan ko‘rinib turbdiki, qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish 
iqtisodiyotni rivojlantirish demakdir.
Yurtimizda 2018-yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini 
sotish bo

yicha elektron tizim tashkil etildi. 2018-yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish 
bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga 
oshirishda banklar bilan tadbirkorlik subektlari 
o‘rtasida samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta'minlash masalalariga 
asosiy e'tiborni qarata boshladi. Valyuta bozorini isloh qilishga qarshi bo‘lgan ayrim 
“ekspertlar”ning ikkilanishi va
“maslahat”lariga qaramasdan, biz qisqa muddatda xalqaro 
standartlar asosida valyutani liberallashtirish jarayonini boshladik. Lekin biz yaxshi 
tushunamizki, bu ish ushbu sohadagi islohotlarning boshlanishi, halos. Valyuta siyosati biznes 
va iqtisodiyotni 
rivojlantirish manfaatlariga to‘liq xizmat qilishi, investisiya faoliyatiga ijobiy 
turtki berishi lozim”
46
. Globallashuv jarayonida mamlakat taraqiyyotining asosini iqtisdiy 
soha tashkil qilsa, moliya bozori ham iqtisodiy taraqqiyot asosi hisoblanadi. Hozirgi kunda 
raqamlashtirilishga katta e'tibor qaratilmoqda va asosiy maqsad qilib qo‘yilgan va qimmatli 
qog‘ozlar bozorining ham barcha ammallari hamda funksiyalari ochiq tarzida amalga 
oshiriladi. 
“2020
-2025-yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiya
si” ini ishlab chiqish borasida 
mas'ul davlat organlari shuningdek, tashkilotlari tomonidan muayyan ishlar amalga 
oshirilmoqda.
 
Jumladan, uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining qimmatli qog‘ozlar 
bozoridagi umumiy savdo hajmidagi ulushi sezilarli darajada past ekanligini hisobga oladigan 
bo‘lsak, qimmatli qog‘ozlar bozorini institutisional va infratuzilmaviy jihatdan yanada 
rivojlantirish, fond birjasi listing talablarini qayta koʻrib chiqish, fond birjasi va elektron savdo 
tizimlaridagi komission yig‘imlar
tarifini engillashtirish, xususiylashtirish jarayonlarida 
aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat ulushining fond birjalaridagi erkin savdosini tashkil etish 
45
O’zbе
kisto
nda moliya bozorini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari Bekzodjon Mavlon o’g’li Xamidov Jasur 
Xamrabayevich Razzoqov TMI 2023
46
Sh.M.Mirziyoyev Fond bozorini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish bayonoti. 2019
-yil 7-oktyabr. 
http://xs.uz/uzkr/post/fond-bozorini-rivozhlantirish-masalalari-muhokama-qilindi. 


56 
maqsadga muvofiqdir. Moliya bozorini samarali tashkil etishda kapital bozorining tuzilmasi, 
fond birjasi hamda markaziy depozitariyning funksiyalari, birja savdolari texnologiyasi, listing 
xususiyatlari, korporativ boshqaruv asoslari, investorlar bilan munosabatlar, marketing 
vositalari, loyihani boshqarish bo‘yicha xorij tajribasi va amaliyotiga jiddiy e
'tibor qaratmoq, 
shuningdek, bu boradagi muammolarni hal etish bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi. 
Tahlillar natijasi bo‘yicha, barcha rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatilayotgan o‘xshash 
jihatlardan biri moliyaviy likvidlilikning yetishmasligi hisoblanadi. Sababi likvidlilik moliya 
bozori taraqqiyoti yo‘lidagi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Buning uchun korxonaga sarmoya 
kiritish masalalari lozimdir. 
O‘zbekiston Respublikasining 2022
-yildagi moliyaviy bozorlar ya'ni fond birjalarining 
savdo natijalariga nazar solsak, jami tuzilgan bitimlar soni 80723 tani tashkil qilgan. 
Shuningdek huddi shu bitimlar hajmi 4816,21 mlrd. so‘m ko‘rsatkichlarida belgilangan. 
O‘zbekiston respublikasida amalgam oshirilgan bitimlar soni va hajmi 2018, 2019, 2020 va 
2021 yil
lar davrlari bilan solishtiradigan bo‘lsak, ikkala ko‘rsatkichda ham sezilarli darajada 
o‘sish kuzatilgan.

Yüklə 39,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin