Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №17 
Oyok soxasining topografiyasi.
Mushakli va qon tomirli lakunalar. Son kanali. 
YAqinlashtiruvchi mushaklar orasidagi kanal.Boldir sohosidagi kanallar.Oyoq 
panjasi sohasining topografiyasi. 
Chanoq sohasida katta quymich teshigi (foramen ischiadicum majus) dan o‘tgan 
noksimon muskul (m. piriformis) teshikni butunlay qoplamay, uning ustki (foramen 
suprapiriforme) va pastki (foramen infrapiriforme) qismida kamgak teshiklar hosil 
qiladi. Bu teshiklardan dumba muskullariga boruvchi qon tomir va nervlar o‘tadi. 
Qovuq suyagidagi sulcus obturatorius yopqich parda va ichki, tashqi yopqich 
muskullar yordamida yopqich kanal (kanalis obturatorius) ga aylanib, undan shu 
nomli qon tomir va nervlar o‘tadi. 
Yonbosh suyakning Yuqoridagi old o‘sig‗i (spina iliaca anterior superior) bilan 
qov suyagining o‘simtasi (tuberculum pubicum) oralig‗ida Chov boylami joylashgan. 
Lig. inguinale ostidagi bo‘shliq Yonbosh fassiyasining bir tomoni Chov boylamiga


324 
ikkinchi tomoni esa eminentia iliopubica ga yopishib, Yonbosh qov-ravoqsimon 
boylam yoyi (arcus iliopectineus) ni hosil qiladi. Ana shu boylam yoy vositasida 
ikkita kavakka (bo‘shliqqa) bo‘linadi. Medial kavak (lacuna vasorum) dan son 
arteriyasi bilan son venasi o‘tsa, ikkinchi lateral kavak (lacuna musculorum) dan m. 
iliopsoas bilan son nervi (n. femoralis) o‘tadi. 
Sonning old Yuzasining Yuqorigi qismida son kanali (canalis femoralis) 
joylashgan bo‘lib, uning ichki teshigi (anulus femoralis) tomir kavagining medial 
burchagida joylashadi. Kanalning ichki teshigini medial tomondan Chov boylamining 
davomi – kavaksimon boylam (lig.lacunare) chegaralasa, lateral tomondan son venasi 
(v. femoralis) hosil qiladi. Teshikning old va tepa chegarasini lig. inguinale tashkil 
etsa, orqadan Chov suyagi ustidagi taroqsimon qirrali boylam (lig. pectineale – lig. 
lacunare ning davomi) bilan chegaralanadi. Son kanalining ichki teshigi (sog‗lom 
odamlarda) biriktiruvchi to‘qima parda, limfa tuguni va limfa tomirlari bilan 
qoplangan bo‘ladi. Chov kanalining tashqi teshigi yoki hiatus saphenus son serbar 
pardasining ovalsimon chuqurchasi bo‘lib hisoblanadi. Ovalsimon chuqurcha margo 
falciformis (o‘roqsimon qirra) bilan chegaralanadi, cornu superius et inferius uning 
tepa va pastki qismlaridir. Bu chuqurcha, odatda, g‗alvirsimon parda (lamina 
cribrosa), limfa tugunlari va limfa tomirlari bilan yopilib turadi. Bundan tashqari, 
ovalsimon chuqurcha orqali sonning (Yuza) teri osti venasi o‘tib, son venasiga 
qo‘shilib ketadi. 
Son kanalining uchta devori bo‘lib, lateral devorini son venasi (v. femoralis), 
oldingi va orqa devorlarini esa son serbar fassiyasining chuqur va Yuza varaqlari 
hosil qiladi. Kanalning oldingi devorini hosil qilishda son fassiyasining Yuza varag‗i, 
lig. inguinale va cornu superius lar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. 
Sog‗lom kishilarda son kanali, uning ichki va tashqi teshiklari biriktiruvchi 
to‘qima, limfa bezlari va limfa tomirlari bilan qoplanib turadi. Odamda son churrasi 
bo‘lganda son kanalining ichki teshigi kengayib qorin pardasi, ichak yoki charvining 
bir qismi kanaldan o‘tib, tashqi teshikdan teri ostiga chiqadi. Bu hodisa ko‘proq qorin 
bosimi ortib ketganda (og‗ir Yuk ko‘tarish yoki ayollarda tug‗ish vaqtida kuchanish 
paytida) bo‘ladi. Son churrasi ayollarda ko‘proq uchraydi, chunki ayollar chanog‗i 
erkaklar chanog‗iga qaraganda keng bo‘ladi. Binobarin, son kanalining ichki teshigi 
ham kattaroq bo‘ladi.
1

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin