323
ajratib, ularni mustahkam o‘rab turadi. Bundan tashqari, septum intermusculare
anterius cruria kichik boldirning uzun va kalta muskullarini
alohida qin hosil qilib
o‘raydi. Orqadagi muskullararo to‘siq (septum intermusculare posterius cruris) esa
boldirning orqa guruh muskullarini kichik boldir muskullaridan ajratib turadi. To‘piq
sohasida qalinlashib, ko‘ndalang joylashgan old va orqa tasmani hosil qiladi.
Tepadagi ushlagich tasmalar (retinaculum mm. extensorum superius) boldirning
old guruh muskul paylarini ushlab turadi. Bu tasmadan pastroqda (oshiq-boldir
Bo‗g‗imi ro‘parasida) yozuvchi muskullarning ikkinchi pastki tasmasi (retinaculum
mm. extensorum inferius) joylashgan. Bu tasmalar o‘z navbatida muskul payi
o‘tishiga moslashgan to‘rtta kanalchani hosil qiladi. Eng chekkada joylashgan keng
kanalchadan m. extensor digitotum longus va m. peroneus tertius paylari o‘tadi.
Ikkinchi kanaldan – m. extensor hallucis longus, uchinchi kanaldan (bosh
barmoq
tomonda) m. tibialis anterior o‘tadi.
Muskul paylari sinovial qinlar (vagina synovialis) bilan o‘ralgan. To‘rtinchi
kanal o‘rta kanalning orqasida joylashgan bo‘lib, undan a. et v. dorsales pedis n.
peroneus profundus o‘tadi. Bundan tashqari, to‘piqlar orasida boldir fassiyasi
qalinlashib, tasma hosil qiladi. Jumladan ichki to‘piq tasmasi (retinaculum mm.
flexorum) ostidan m. flexor digitorum longus va m. flexor hallucis longus paylari
to‘piqni aylanib o‘tadi. Bu kanal Yuzasida a. tibialis posterior va n. tibialis lar uchun
maxsus kanal joylashgan.
Tashqi to‘piq orqasida boldir fassiyasi qalinlashib, retinaculum mm. peroneorum
superius et inferius ni hosil qiladi, undan mm. peronei longus et brevis paylar o‘tadi.
Ushbu tasmalar ostidan oyoq panjalariga boruvchi muskul paylari qinlarga o‘ralgan
bo‘ladi. Bu pay-qinlar muskul paylarini ishqalanishdan saqlab turadi.
Oyoq panjasi
ustidan fassiya (fascia dorsalis pedis) juda Yupqa bo‘lib joylashadi, ostki (kaft)
sohasida esa qalinlashib, kaft aponevrozi (aponeurosis plantaris) ni hosil qiladi. Bu
aponevroz orqadan m. flexor digitorum brevis ga yopishsa, old tomonda bo‘linib,
beshta barmoqqa boradi.
Dostları ilə paylaş: