Trigonum colli mediale bo‘yin o‘rta sohasidagi uchburchak bo‘lib, uni
Yuqoridan pastki jag‗ cheti, orqadan to‘sh-o‗mrov-so‘rg‗ichsimon muskulning
oldingi cheti va medial tomondan bo‘yinning o‘rta chizig‗i chegaralaydi. Bu
uchburchak bir qancha uchburchak va sohalarni o‘z ichiga oladi.
2.
Trigonum omotracheale ni orqadan to‘sh-o‗mrov-so‘rg‗ichsimon muskul,
oldindan kekirdak chegaralaydi.
3.
Trigonum caroticum orqadan to‘sh-o‗mrov-so‘rg‗ichsimon muskul,
oldindan va pastdan kurak-til osti muskulining Yuqori qorinchasi, tepadan ikki
qorinli muskulning orqa qorinchasi chegaralaydi. Uchburchakda uyqu arteriyasi
joylashgan.
4.
Trigonum submandibulae (fossa submandibularis) ni Yuqoridan pastki
jag‗ning pastki cheti, pastdan ikki qorinchali muskullarning qorinchalari
chegaralaydi. Uchburchakda jag‗ osti bezi, qon tomirlar va nervlar joylashgan.
BO‟YIN FASSIYALARI Bo‘yin sohasidagi a‘zolar, qon tomir va nervlar, muskullar 5 ta fassiya (fasciae
colli) bilan o‘ralgan (V.N.Shevkunenko).
1.
Bo‟yinning Yuza fassiyasi (fascia colli superficialis) teri ostida Yupqa varaq
holida joylashgan. Teri osti muskulini (m. platysma) o‘rab, Yuqoridan Yuz
fassiyasiga, pastdan Ko‗krak fassiyasiga o‘tib ketadi.
2.
Bo‟yin xususiy fassiyasining Yuza varag„i (lamina superficialis fascia colli
propria) pastki jag‗ bilan to‘sh suyagi dastasi va o‗mrov suyaklari oralig‗ida tortilib
joylashib, bo‘yinni hamma tomondan o‘rab turadi.
Fassiya orqa tomonda umurtqalarning qirrali o‘siqlariga yopishib yo‘nalsa,
ikkala Yonboshida umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqlariga to‘siq orqali yopishadi,
natijada bo‘yin old va orqa sohalarga ajraladi. Fassiya bo‘yinning old tomonida
qarama-qarshi fassiya bilan tutashib, bo‘yinning o‘rta chizig‗ida oq chiziq (linea alba)
ni hosil qilishda qatnashadi, fassiya o‘z yo‘nalishida kekirdakni qoplab, jag‗ osti bezi
va to‘sh-o‗mrov-so‘rg‗ichsimon muskul uchun qin hosil qiladi.
3.