Takabburlik muskuli (m. procerus) peshona suyagining burun qismidan
boshlanib, ikki qosh o‘rtasidagi teriga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Muskul qisqarganda ikki qosh o‘rtasida ko‘ndalang ajin paydo
bo‘lib, takabburlik (viqorlik) holati vujudga keladi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. facialis dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. angularis, a. frontalis.
Ko‟zning aylana muskuli (m. orbicularis oculi) ko‘z kosasining atrofida
joylashgan bo‘lib, uch qismdan iborat: ko‘z kosasi atrofida joylashgan qismi – pars
orbitalis, qovoqlarda joylashgan qismi – pars palpebralis va ko‘z Yosh qismi – pars
lacrimalis dan tuzilgan.
Pars orbitalis keng va qalinlashgan qism bo‘lib, peshona suyagining burun
qismidan, tepa jag‗ suyagining peshona o‘sig‗i va ko‘z qovoqlarining medial
qismidan boshlanadi. Muskulning tepa qismi bosh tepa muskulining peshona qismiga
va takabburlik muskuliga qo‘shilib ketadi.
Pars palpebralis muskulning nozik qismi bo‘lib, ko‘z kosasi va qovoqlarning
medial qismidan boshlanib, tepa va pastki qovoqlar orqali ko‘zning lateral burchagida
o‘zaro chalkashib qo‘shiladi, ko‘z kosasining lateral devoriga qisman yopishadi.
Pars lacrimalis ko‘z Yoshi suyagining qirrasidan boshlanib, ko‘z Yoshi xaltasini
aylanib o‘tgach, qovoq muskullariga qo‘shilib ketadi.
F u n k s i y a s i. Muskulning birinchi va ikkinchi qismi qisqarganda ko‘z
Yumiladi. Qoshlar pastga tortiladi. Muskulning uchinchi qismi ko‘z Yoshi xaltasidan
boshlanganligi uchun u qisqarganda ko‘z Yoshi oqadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. facialis dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. facialis, a. temporalis superficialis, a. infraorbitalis, a.
supraorbitalis.
Qoshni chimiruvchi muskul (m. corrygator supercilii) ikki qoshning o‘rtasida
ko‘ndalangiga joylashgan bo‘lib, arcus superciliaris dan boshlanib, qoshlar terisiga
yopishadi. Muskullar qisqarganda, qoshlar o‘zaro yaqinlashib, uzunasiga ajin paydo
bo‘ladi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. facialis dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. frontalis, a. supraorbitalis.