345
bicuspidati deyiladi. Yuqori va pastki kichik oziq tishlarning
ildizlari bir xil
bo‘lmaydi. Birinchilarining ildizlari aksariyat (yarmidan ko‘proq holatda) ayrisimon
ikkiga ajralgan, pastki kichik oziq tishlarning ildizlari esa yakka bo‘ladi. Shuning
uchun bu tishlarni olishda doira bo‘yicha (rotatsiya) harakat qilinadi.
Katta oziq tishlar –
dentes molares har jag‗da oltitadan bo‘lib, orqa tomon sari
kichiklashib boradi; birinchisi eng katta, uchinchisi – eng kichikdir.
Uchinchi katta
oziq tishlar juda kech chiqadi va shuning uchun aql tish – dens serotinus deb ataladi.
Bu tish tamoman chiqmasdan qolishi ham mumkinligi Yuqorida eslatilgan edi. Katta
oziq tishlarning toj qismlari kubsimon, chaynov Yuzasi esa kvadrat shakliga yaqin,
uchta va undan ortiq bo‘rtiqlari bor. Yuqori jag‗dagi katta oziq tishlarning uchta ildizi
bo‘lib,
ularning ikkitasi lunjga, bittasi esa til tomonga qaragan. Pastki katta oziq
tishlarning ildizlari ikkita bo‘lib, biri oldinga, ikkinchisi orqaga qaragan va uchlari
orqa tomonga bir oz egilgan. Ildizlar tarkibida bitta (distal) yoki ikkita (ko‘pincha
medial) ildiz kanallari bo‘ladi. Aql tishlarning uchchala ildizi qo‘shilib ketib, bir
butun konussimon shaklni qabul qilishi mumkin.
TIL
Til
(lingua, Yunoncha – glossa) muskullardan tuzilgan bo‘lib, og‗iz bo‘shlig‗ida
joylashgan. Til faqat hazm a‘zolariga mansub bo‘lmasdan, so‘zlashda,
talaffuzda
bevosita faol qatnashadi. Tilning oldida til uchi – apex linguae, o‘rtasida til tanasi –
corpus linguae va orqa kengaygan qismida til ildizi – radix linguae bo‘ladi. Tilning
uchi va Yon tomonlari (margo linguae) tishlarga tegib turadi. Tilning ustki
Yuzasining orqa qismi (dorsum linguae) bo‘rtgan bo‘lib, tanglayga qaragan. Pastki
Yuzasi (facies inferior) tilning faqat old qismida bo‘ladi.
Tilning ustki Yuzasining
o‘rtasida (dorsum linguae) joylashgan egatcha (sulcus medianus linguae), orqada ko‘r
teshik (foramen caecum) bo‘lib tugaydi (bu teshik embrional davrdagi qalqonsimon
bez nayining o‘rni) ko‘r teshikdan har ikki tomon bo‘ylab uncha chuqur bo‘lmagan
―V‖ raqamga o‘xshash chegaralovchi egatcha (sulcus terminalis) joylashgan. Tilning
bu qismlari embrional davrda turli ko‗rtaklardan rivojlanishi va keyinchalik qo‘shilib
ketishdan darak beruvchi qoldiqdir. Tilning shilliq pardasi I, II, III va IV jabra
cho‘ntaklaridan rivojlanganligi sababli ushbu ravoqlarni innervatsiya qiluvchi V, VII,
IX va X juft bosh miya nervlari ishtirok etadi. Tilning ustki Yuzasida to‘rt xil
so‘rg‗ich (papillae linguales) mavjud.
Til va hiqildoqqa kirish qismi.
1–rima glottidis; 2–plica vacalis; 3–plica vestibularis; 4–plica aryepiglottica; 5–
epiglottis; 6–plica
glossoepiglottis lateralis; 7–tonsilla palatina; 8–foramen caecum
346
linguae; 9–papillae foliatae; 10–papilla vallatae; 11–papillae conicae; 12–papillae
filiformes; 13–apex linguae; 14–sulcus medianus linguae; 15–dorsum linguae; 16–
corpus linguae; 17–papillae fungiformes; 18–sulcus terminalis; 19–folliculi linguales;
20–tonsilla palatina; 21–radix linguae; 22–plica
glossoepiglottica mediana; 23–
vallecula epiglottica; 24–recessus piriformis; 25–tuberculum cuneiforme; 26–
tuberculum cornicularum; 27–incisura interarytenoidea.
1.
Dostları ilə paylaş: