Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

 
BOSH FASSIYASI 
Bosh fassiyasi juda zaif takomil etgan bo‘lib, boshni fibroz qalin parda ustidan 
qoplab turadi. Bu fassiya ikki chekka sohasida qalinlashib, ikki varaqga (Yuza –
lamina superficialis, chuqur – lamina profunda) bo‘linib, Chakka muskulini o‘raydi. 


339 
Quloq oldi so‘lak bezi bilan chaynash muskulini bitta fassiya (fascia masseterica) 
o‘raydi. 
AMALIY MASHG„ULOT №19 
Og„iz bo„shligi. Til. Tishlar. Sulak bezlari.
Og‗iz bo‗shlig‗ini chegaralari, tomoq, 
lablar va lunjning tuzilishi. Tishning tuzilishi, doimiy tishlar, sut tishlari va ularning 
chiqish vaqti, milklar. Tilning tuzilishi, shilliq pardasi (so‗rg‗ichlar), xususiy va 
skelet muskullari. Og‗iz bo‗shlig‗iga ochiluvchi katta va kichik bezlar. Mayda so‗lak 
bezlari: lab, lunj, tanglay, til. Katta so‗lak bezlari: quloq oldi, jag‗ osti, til osti. 
Og„iz bo‟shlig„i 
(cavitas oris, 120) hazm a‘zolari sistemasining boshlanish 
qismi, ovqat dastlab shu bo‘shliqda qabul qilinib, tishlar vositasida maydalanadi va 
so‘lak yordamida namlanadi va kimyoviy parchalanish boshlanib, me‘daga o‘tkazish 
uchun tayyorlanadi. 
Og‗iz bo‘shlig‗i og‗izning kirish qismi – dahlizi (vestibulum oris) va xususiy 
og‗iz bo‘shlig‗i (cavitas oris propria) dan iborat. 
Og‗iz bo‘shlig‗i. 
1–philtrum; 2–tuberculum labii superioris; 3–labium superioris; 4–palatum 
durum; 5–palatum molle; 6–uvula; 7–commisura labiorum; 8–bucca; 9–isthmus 
faucium; 10–labium inferius; 11–sulcus mentolabialis; 12–arcus dentalis inferior; 13–
dorsum 
linguae; 
14–arcus 
palatoglossus; 
15–tonsilla 
palatina; 
16–arcus 
palatopharyngeus; 17–raphe palati; 18–arcus dentalis superior. 


340 
O g‗ i z d a h l i z i old tomondan Yuqori va pastki lablar, Yon tomondan lunjlar, 
orqa tomondan Yuqori va pastki jag‗ tishlar hamda milklar bilan chegaralanadi. 
Lablar 
(labia oris) tashqi tomondan teri, ichki tomondan shilliq parda bilan 
qoplanib, uning asosini lablarning aylanma joylashgan mimika muskuli (m. 
orbicularis oris) tashkil etadi. Tepa va pastki lablar o‘rtasidagi yoriq og‗izga kirish 
teshigi (rima oris) deb ataladi. Lablarning shilliq qavatida juda ko‘p bezlar 
joylashgan. Lablarning shilliq qavati tishlarni o‘ragan milklargacha (gingiva) davom 
etib, markaziy qismida Yuqori va pastki burmalar (frenulum labii superior et 
inferioris) ni hosil qiladi. 
Lunj 
(buccae) lablarning bevosita davomi bo‘lib, uning chuqur qatlamida yog‗ 
qavatlari, shilliq pardasida esa mayda bezchalar joylashgan. Og‗iz dahlizi lunj 
vositasida (oziq tish orqasida) xususiy og‗iz bo‘shlig‗iga qo‘shiladi. 
Xususiy og‗iz bo‘shlig‗i –cavitas oris propria ni berk turganda ikki Yon va old 
tomondan tishlar chegaralaydi. Yuqori devorini qattiq va Yumshoq tanglay hosil 
qiladi hamda burun bo‘shlig‗ini og‗iz bo‘shlig‗idan ajratib turadi. Og‗iz bo‘shlig‗i 
(tubi)ni pastki jag‗ diafragmasi (diaphragma oris), bir juft m. mylohoideus berkitib 
turadi. Og‗iz bo‘shlig‗ining shilliq pardasida mayda bezlar ko‘p joylashgan. 
Tanglay (palatum) ikki qism (qattiq va Yumshoq tanglay)dan iborat: qattiq 
tanglay – palatum durum Yuqori jag‗ning tanglay o‘sig‗i bilan tanglay suyagining 
ko‘ndalang (gorizontal) o‘siq bilan birlashishidan hosil bo‘lgan. Uni o‘rab turgan 
shilliq pardasida bezlar ko‘p uchraydi. 
Yumshoq tanglay (palatum molle) muskullardan iborat bo‘lib, orqa tomoni 
halqumga osilib turadi. Uning o‘rtasida tilcha – uvula joylashgan. Qattiq tanglay 
shilliq pardasi Yumshoq tanglayga bevosita davom etadi. Yumshoq tanglaydan 
oldinda til tanglay ravog‗i – arcus palatoglossus, orqada tanglay halqum ravog‗i – 
arcus palatopharyngeuslar bo‘ladi. Bu ravoqlar orasida mo‗rtak bo‘shlig‗i bo‘lib, 
tanglay mo‗rtagi – tonsilla palatina joylashgan. Mo‗rtak anatomik tuzilishi jihatidan 


341 
limfo-epitelial to‘qima, uning kattaligi vertikal yo‘nalishda 20–25 mm, old-orqa 
yo‘nalishda 15–20 mm, ko‘ndalangiga 12–15 mm ni tashkil qiladi. 
Yumshoq tanglay tarkibiga quyidagi muskullar kiradi: 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin